Krissi Teygenning Twitter’dagi akkaunti “qorong‘i tomon”ga o‘tdi. Mashhur top-model Twitter’dan rasman chiqib ketmoqda. 14 millionlik obunachilarga yuborilgan bir necha tvitlarda u nega qaytarib bo‘lmaydigan tarzda sevimli akkaunti bilan xayrlashayotganini ma’lum qilgan. Bunga asosiy sabab – akkaunt hayotda ijobiydan ko‘ra ko‘proq salbiy rol o‘ynay boshlagan va aynan buni to‘xtatish vaqti kelgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: WomeEl

Shuningdek, Krissi muxlislari qo‘llab-quvvatlagani uchun ularga minnatdorlik bildirishni ham unutmagan: “10 yildan ortiq vaqt davomida siz mening olamimga aylandingiz. To‘g‘risini aytsam, bu yerda tashkil etilgan narsalar uchun juda ko‘p narsaga qarzdorman. Chindan ham ko‘pchiligingizni haqiqiy do‘stlarim deb bilaman. Ammo xayrlashish vaqti keldi”.

Foto: Elle

Krissi so‘zida davom etar ekan, u internetdan “og‘ir jarohat” olganini va “negativlarni bloklash”ni o‘rganmaganligini aytgan. Ammo Krissi 34 million folloveri bo‘lgan Instagram’ni hali tark etish niyati yo‘qligini ta’kidlab o‘tgan.

Foto: Elle

От qwert.uz