Forbes jurnali 2021-yil bo‘yicha dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatini e’lon qildi. Reytingda USM Holdings asoschisi va bosh aksiyadori Alisher Usmonov dunyo bo‘yicha 99-o‘rinni, Rossiyada 7-o‘rinni egalladi.

Foto: Forbes

Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, 67 yoshli tadbirkorning boyligi yil davomida sezilarli darajada o‘sgan — 13,4 milliarddan 18,4 milliard dollargacha. Bu ko‘rsatkich so‘nggi bir necha yil ichida uning boyiligi rekord darajada o‘sganidan dalolat bermoqda  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Spot

Tadbirkor “Metalloinvest”, Xiaomi va boshqa telekommunikatsiya, tog‘-kon sanoati va media kompaniyalarining ulushiga egalik qiladi. Shuningdek, u Facebook’ning dastlabki investorlaridan biri. Avvalroq Alisher Usmonovning tuzilmalari, jumladan, “MegaFon” kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirib kelayotgani haqida ma’lum qilingan.

Shuningdek, Alisher Usmonov O‘zbekiston xarid qilayotgan 1 million vaksinadan teng yarmini o‘z hisobidan olib berishi haqida xabar berilgandi.

2020-yilning aprel oyida USM Holdings o‘z aksiyadorlari Rossiyaga yangi koronavirus infeksiyasini olib kirish va tarqalishining oldini olish uchun shtab-kvartiraning ehtiyojlari uchun 2 milliard rubl ajratishini e’lon qildi. Iyul oyida esa Usmonov O‘zbekistonga Sardobadagi falokatdan jabr ko‘rganlar uchun yordam sifatida qariyb 10 million dollar ajratdi.

От qwert.uz