SPL5105991_027

40 yoshli model va teleyulduzning ismi Forbes jurnalining sayyoradagi eng badavlat kishilar ro‘yxatiga birinchi marta kiritildi. Bu haqda Hello nashri xabar beradi.

Foto: Hello

Jurnal tomonidan 1987-yildan buyon tuzib kelinadigan yillik reyting 2021-yilning 6-aprel kuni e’lon qilingan. Kardashyanning moliyaviy ahvolini 1 milliard dollar deb baholagan ekspertlar 2020-yilning oktabrida uning aktivlari 780 million dollar bo‘lganini qo‘shimcha qilgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Kim bunday daromadga yiliga 10 million dollar olib kelgan Keeping Up With The Kardashians realiti-shousi va Instagram sahifasidagi reklama postlari sabab ega bo‘lgan. Ammo mablag‘ning katta qismi uning shaxsiy brendlari KKW Beauty va Skims ortidan kelgan. Bugungi kunda Skims 500 million dollarga baholanadi, undagi Kimning ulushi esa 225 millionni tashkil qiladi. Yana 200 million dollarga esa KKW Beauty aksiyalarining bir qismini sotganidan keyin erishgan. Ekspertlar Kanye Uest bilan ajrashish jarayoni yakuniga yetmagunicha modelning moliyaviy ahvoli yuqori darajada bo‘lishini ta’kidlagan. Juftlikning umumiy mol-mulkni qanday bo‘lishishi haqida esa hozircha ma’lumot yo‘q.

Foto: Hello

2020-yilning aprelida Kim Kardashyanning 22 yoshli singlisi Kayli Jenner Forbes reytingiga ko‘ra, eng yosh milliarder deb topilgan, ammo keyinroq modelning boyligi qaytadan baholanib, uni milliarder deb atamaslikka qaror qilingan.

Foto: Hello

2020-yilning yozida Kim norasmiy ravishda milliarder maqomiga ega bo‘lgan. Iyun oyida Coty kompaniyasi Kimning KKW Beauty brendining 20 foiz aksiyasini 200 million dollarga sotib olishga qaror qilgan. Financial Times gazetasi Kardashyanning biznesining umumiy narxi 1 milliard dollardan iboratligini ma’lum qilgan. Kardashyan xonim brendning asosiy rahbari bo‘lish va uning rivojlanish strategiyasini tanlash huquqini saqlab qolgan.

От qwert.uz