Muzlatkich oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashda yordam beradigan qurilma sifatida ixtiro qilingan bo‘lsa-da, ayrim mahsulotlarni unda saqlamasa shuncha yaxshi. Shundagina ularni uzoqroq muddat davomida iste’mol qilish mumkin  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: “Domashniy ochag”

Avokado

Oddiy sharoitda yanada yaxshi yetilib pishadi.

Ko‘katlar

Ko‘katlarning bir uchini shunchaki suvli idishga solish yaxshi natija beradi.

Bulg‘or qalampiri

Foto: “Domashniy ochag”

Muzlatkichda qattiqligini yo‘qotadi.

Bodring

Muzlatkichda bodring mahsulotlarining namligi ortib ketadi. Agar ularni muzlatkichga qo‘yish kerak bo‘lsa, quruq idish ichida saqlash mumkin.

Tuzlamalar

Tuzlangan pomidor va bodringlar esa odatda konservalanadi va ularni oddiy javonlarda ham saqlash mumkin.

Foto: “Domashniy ochag”

Piyoz va sarimsoq

Mazkur mahsulotlar namlikni o‘ziga tortib oladi va sifati yomonlashadi. Ularni iloji boricha quruq va qorong‘i joyda saqlash kerak. Lekin maxsus idish yoki kartoshka bilan birga emas.

Kartoshka

Kartoshka mahsuloti ham muzlatkichda saqlanmaydi. Uni quyosh tushmaydigan pana joyda hamda qog‘oz qoplarda qoldirish mumkin.

Bananlar

Foto: “Domashniy ochag”

Bananlar yaxshi pishishi uchun shunchaki xona harorati yetarli.

Rezavor mevalar

Ta’mni yo‘qotmaslik uchun quruq hamda qorong‘i joyda saqlash yaxshiroq.

Sitrus mevalar

Alohida saqlash va sifati yomonlarini darhol ajratish zarur.

Souslar 

Achchiq sous, soya yoki ketchuplarni bor oy mobaynida xona haroratida asrash mumkin. Agar bir oy mobaynida ular tugamagan bo‘lsa, muzlatkichga qo‘yiladi.

Araxis moyi

Sovutkichdan tashqarida ham uch oygacha saqlash mumkin.

Asal

Foto: “Domashniy ochag”

Asal muzlatkichdan tashqarida istalgancha tursa ham, sifatiga zarar yetmaydi.

Shokolad va qahva

O‘z mazasini saqlab qolish uchun qorong‘i va iliq joyda saqlash kerak.

Baqlajon

Baqlajon uchun bir necha kunlik xona harorati yaxshi.

От qwert.uz