Norvegiya oshxonasida mazkur milliy taomni tayyorlashda ortiqcha mahsulotdan foydalanilmaydi.

Foto: Lifehacker

  — Manba: «Daryo» nashri.

Kerakli mahsulotlar:

  • suyakli qo‘y go‘shti − 1 kg;
  • karam − 1 kg;
  • un − 1 osh qoshiq;
  • suv;
  • tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Go‘sht va karam katta-katta to‘g‘raladi. Go‘shtga un sepiladi.
  2. Katta idishga go‘sht terib chiqiladi hamda tuz va ziravorlar sepiladi.
  3. Ustidan karam teriladi. Mahsulotlar shu tarzda ustma-ust joylashtiriladi. Oxirida karam bilan yakunlanadi.
  4. Idishga 1-2 piyola suv quyib,  qaynaguncha qopqog‘i yopiladi.
  5. So‘ngra olov pasaytirilib, go‘shtlar suyagidan ajralguncha taxminan ikki soat davomida qaynatiladi.
  6. Ko‘katlar bilan bezatilib, dasturxonga tortiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz