Pomidor, pishloq va tuxum uyg‘unligida ajoyib ta’m hosil bo‘lishi turgan gap. Strapatsada taomi tayyorlangan kuni, albatta, tanovul qilish uchun vaqt topiladi.

Foto: Lifehacker

  — Manba: «Daryo» nashri.

 Kerakli mahsulotlar:

  • tuxum – 2 dona;
  • pomidor – 1 dona;
  • zaytun moyi – 2 osh qoshiq;
  • feta pishlog‘i – 60 gramm;
  • tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Tuxum biroz ko‘pirtiriladi.
  2. Pomidor qirg‘ichdan o‘tkaziladi.
  3. Tovaga yog‘ quyib, pomidor pyuresi solinadi.
  4. Tuz va ziravorlar sepib, 2-3 daqiqa davomida qovuriladi.
  5. Pishloq qo‘shib, yana 2 daqiqa pishiriladi.
  6. So‘ngra ko‘pirtirilgan tuxum solib, aralashtiriladi va dasturxonga tortiladi.

Yoqimli ishtaha!

#Retseptlar :

От qwert.uz