Sovchi keldi, yaxshi niyatda,
Birdan kirib borish uyat-da,

Shuning uchun, oʼylab sovchilar,
Qoʼshnisidan soʼrab koʼrdilar,

Qoʼshni ayol, gap — soʼzga usta,
«Taʼrif» qildi qizni bir pastda.

«Taʼrif» boʼlib, bularga dastak,
Birdaniga oʼzgardi «istak».

Tarvuzlari qoʼltiqdan tushib,
Joʼnadilar, sekin yurishib.

Qoʼshni ayol, xursand xar xolda,
Sovchilarchi — yomon axvolda.

Maqtashgandi qizni avvalroq,
«Taʼrif» boʼldi, boshqacha biroq.

…Qayda yolgʼon, qayda xaqiqat,
…Insof bersin, barchaga faqat!

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz