Chiqib kitob daraxt ustiga,
Gʼunchalarga aytar dardini:
— “Аyting, bugun — insonlar nega,
Oʼqimasdan qoʼyishdi meni.
Qoʼllaridan telefon tushmay,
Qiyo boqmas bir bor — men tomon.
Xor qildilar, qadrimga yetmay,
Shu daraxtda — boʼlayin qurbon!…”.
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF