Shubhasiz, o‘tgan asrda ham hind kinematografiyasi o‘ziga xos ajoyib xususiyatga ega bo‘lgan. Bugungi kunda ham Bollivud yulduzlari orasida yosh avlod o‘z mahoratini namoyon etishda davom etmoqda. Ulardan biri allaqachon mashhurlik cho‘qqisiga chiqib ulgurgan yosh aktrisa Anushka Sharma. Aktrisa haqida bir-biridan qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishing  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: “Yandeks Dzen”

Anushka 1988-yil 1-mayda Hindistonning Ayodhya shahrida dunyoga kelgan. Aktrisa hozirda 32 yoshda.

Foto: “Yandeks Dzen”

Anushka Sharmaning burji – sigir.

Foto: “Yandeks Dzen”

Aktrisa hind armiyasi zobiti Ajay Kumar Sharmaning oilasida dunyoga kelgan. Yulduzning onasi uy bekasi bo‘lgan. Shuningdek, uning prodyuserlik bilan shug‘ullanadigan akasi ham bor.

Foto: “Yandeks Dzen”

Anushka oila a’zolarining xohishiga ko‘ra harbiy maktabni yakunlagan. Undan so‘ng Bangalorda gumanitar yo‘nalishda ta’lim olgan. O‘qish jarayonida Anushka model sifatida pul ishlab topgan.

Foto: “Yandeks Dzen”

Uzoq vaqt mobaynida aktrisa kinolarga taklif qilinmagan. Uning debyuti “Tangri yaratgan juftlik” bo‘lib, filmda aktrisa Shohrux Xon bilan birgalikda ishlagan. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, ushbu film uning hayotidagi asosiy imkoniyat bo‘lib, shundan so‘ng uning ijodiy faoliyati boshlangan.

Foto: Pinterest

Aktrisaning filmografiyasida 2008-yil “Tangri yaratgan juftlik”, 2010-yil “To‘y marosimi”, 2011-yil “Rikki Baxlaga qarshi xonim”, 2012-yil “Toki hayot ekanman”, 2014-yil “PiKey”, 2016-yil “Yurak ishi”, 2017-yil “Garri Sejal bilan uchrashganda”, 2018-yil “Igna bilan ip” va boshqa bir necha filmlar mavjud.

Foto: “Yandeks Dzen”

2017-yilning qish faslida aktrisa bir necha yildan buyon uchrashib kelayotgan kriketchi Virat Koxli bilan turmush qurgan. Juftlikning nikoh to‘yi Italiyada, shuningdek, Hindistonda ham bo‘lib o‘tgan.

Foto: “Yandeks Dzen”

2021-yil 11-yanvar kuni juftlikning Vamika ismli qizi dunyoga keldi.

Foto: “NTDV.com”

“Toki hayot ekanman” filmi uchun Anushka “Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa” nominatsiyasida Filmfare mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Foto: Kinopoisk

Aktrisa hozirda bir nechta taniqli brendlarning “elchisi” hisoblanadi. Shuningdek, yulduz xayriya tadbirlarida faol ishtirok etadi va hayvonlarni asrash bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

От qwert.uz