LOS ANGELES - DEC 15: Ursula Le Guin at home in Portland, Origon, California December 15 2005. (Photo by Dan Tuffs/Getty Images) *** Local Caption *** Ursula Le Guin

Amerikalik yozuvchi, adabiy tanqidchi, mashhur antropolog olim Alfred va Teodora Kryoberning qizi Ursula Kryober Le Guin (1929–2018) ilmiy fantastik asarlari bilan tarixda qolgan adiba. “Xyugo” va “Nebyula” mukofotlaridan tashqari, uning “Yer sayyorasi” turkumidagi “Qirg‘oq bo‘ylab” uchinchi romani 1973-yili AQShning milliy mukofotiga loyiq topilgan. Madaniyatlar o‘rtasidagi turfaliklar va nizolar, daosizm, anarxizm, kommunizm, feminizm, psixologik va ijtimoiy mavzularga bag‘ishlangan asarlari kitobxonlar orasida e’tirof etiladi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

1983-yili Kaliforniyaning Mils kollejida bitiruvchilar oldida so‘zlagan nutqi adibani XX asr nuktadon notiqlari qatoriga qo‘shadi, asrning eng yaxshi nutqlaridan biri deb tan olinadi. Ayolning jamiyatdagi o‘rni, xotin-qizlar masalasi, erkak va ayolning teng huquqliligiga bag‘ishlangan ushbu nutq o‘quvchilar o‘rtasida turfa qarama-qarshi fikrlarni uyg‘otgan va hanuz takror murojaat etiladigan nutqlardan biridir.

Foto: Getty Images

Mils kollejining sakson uchinchi yilgi bitiruvchilari oldida nutq so‘zlashga taklif etib, kaminaga kamdan kam nasib etadigan baxtni – omma oldida ayollar tilida baland ovozda so‘zlash imkonini taqdim etganingiz uchun behad minnatdorman.

Bilaman, bitiruvchilar orasida yigitlar ham bor va buni istisno etmayman. Yunon tragediyalaridan birida yunonliklar ajnabiylarga: “Yunonchani tushunmasangiz, marhamat, imo-ishora bilan maqsadingizni bayon eting!” deyishadi. Har qanday holatda ham, ilk boshlovchilar bahstalab masalani, bitiruvchi erkak jinsiga mansub bo‘lishi kerak yoki shart degan, ilgari surishga urinishadi. Shu bois, biz ayollar o‘n ikkinchi asrga mansub kiyim-boshni egnimizga ilib, erkaklarga o‘xshashga, ulardek baquvvat, barvasta bo‘lishga intilamiz-u, alal-oqibat, bo‘g‘oz laylak yoki qo‘ziqoringa o‘xshab qolamiz.РЕКЛАМАВключить звук

Intellektual an’ana erkaklarga tegishli hodisa. Omma oldidagi nutq rasmiy, milliy yoki mahalliy tillardan birortasida bo‘lishi lozim. Biroq bizning mahalliy tilimiz erkaklar tili. Bu tilni ayollar tezda o‘rganishiga shubha yo‘q. O‘ta kaltafahm emasmiz. Sizlar Margaret Tetcherni Ronald Reygandan, Indira Gandini General Somozadan farqlay bilarsiz, ammo bu erkaklar dunyosi. Unda faqat erkaklar tilida muloqot qilinadi. So‘z – bu kuch. Hammangiz uzun yo‘l bo‘ylab ketayotgandirsiz, lekin, bolajonlarim, bu yo‘l unchalik ham uzun emas. Siz hatto, marraga o‘zingizni fido etib ham yetishingiz dushvor. Negaki u yo‘l ularniki, sizniki emas.

Ehtimol, bizda ancha-muncha zalvarli, toshi og‘ir so‘zlar topilar va hayot-mamot haqida valaqlashishga yetar. Ehtimol, kuchsiz, ta’sir doirasi tor so‘zlarga muhtojdirmiz. Keling, bu haqida ijikilashdan ko‘ra, boshqa narsaga umid qilaylik. Kollejning muguzga o‘xshash mustahkam minorasini tark etib, barchangiz haqiqiy dunyoga – hayotga kirishingizni, kasb-korda zafar yalovini baland ko‘tarishingizni yoki hech qursa, turmush o‘rtog‘ingizga chin hamdam, sodiq rafiqa, yurtimizni kuchli davlatlar qatoriga qo‘shishda ko‘makdosh bo‘lishingizni juda istardim. Kuch-qudrat, ayolning jamiyatdagi o‘rni haqida soatlab gap sotgandan ko‘ra, shunisi ma’qul emasmi?! Sizga hammasidanam, farzand ko‘rib, niyatingizga yetishingizni, o‘zingizdan ko‘payishingizni tilayman. Yolg‘iz shu tilakni. Bir o‘g‘il va qiz yetadi. Ular umrning mazmuni, chiroyli gullari. Kelgusida bolalaringiz va ahli oilangiz uchun yeyishga taom, yashashga shinam, issiq, ozoda xonadon, do‘stlar, sevimli ishingiz bo‘lishiga ham umidvorman.

Xo‘sh, sizlar mana shular uchun kollej ostonasiga qadam qo‘ydingizmi? Bori shumi? Muvaffaqiyat-chi?

Muvaffaqiyat – bu boshqaning omadsizligi, tolesizligi, aslida. Muvaffaqiyat ko‘pchiligimiz intiladigan amerikacha orzu. Aksar insonlar (o‘ttiz millionlik o‘zimiz ham) dunyoning ko‘p qo‘noqlarida qashshoqlikning og‘riqli, servahm talotumlaridan hayiqib, ko‘z yummay kun kechiradi. Yo‘q, men sizlarga zafar, muvaffaqiyat tilamayman. Bu haqida hatto, so‘zlashga tobim yo‘q. Omadsizlik haqida so‘zlagim bor.

Sababi, odamzod hamisha tolesizlik bilan baqamti yashashga mahkum. Sizlar kelgusida nohaqlik, umidsizlik, xiyonat, ulkan yo‘qotishlar bilan ro‘baru kelasiz. O‘zingizni kuchli, baquvvat deb bilgan lahzada ojizligingiz lop etib oyoq ostidan chiqadi. Mol-davlat, boylik ilinjida tinmay ter to‘kasiz-u, oqibat, bor davlatingiz xo‘jayiningizga aylanadi. O‘zingizni qorong‘i go‘shalarda, yolg‘izlik va qo‘rquv iskanjasida topasiz.

Qadrdon singillarim, qizlarim, ukalarim va o‘g‘illarim, o‘sha qorong‘i qo‘noqlarda yashash qo‘lingizdan keladi. Bunday makonlar darbadarlik, quvg‘in hamda muhojirlik deya atalib, u yerlarda bizning peshona teri to‘kib erishadigan muvaffaqiyatlarimiz rad etiladi.

Aslida, barchamiz muhojirlarmiz. Ayol ayol sifatida jamiyatning erkaklarga mo‘ljallab tuzilgan me’yorlaridan tamom begona. Odamzod hamisha “Erkak” degan nom atrofida birlashib, hurmatga loyiq jins faqat erkak bo‘lgan, barcha hodisotlar unga yo‘naltirilgan chog‘da ayol doim sanoqdan o‘chiriladi. Jamiyat tutumi shunday. Keling, o‘zimizni o‘rganamiz. Yo‘q, men jinsiy munosabatlar haqida gapirmoqchi emasman. Bu har qaysi juftlikning shaxsiy ishi. Jamiyat haqida, poydevori jabr-zulm, xo‘rlik, avtoritarizm, zo‘ravonlikdan tiklangan erkaklar dunyosi haqida so‘zlamoqchiman.

Ayoldek yashashni istasak, separatizm bizni kuch bilan bosib turadi. Mils kollejida ham bunday ayirmachilik tomir otib ulgurgan. Jahondagi urush-o‘yinlarni ayollar boshlamaydi yoki o‘z manfaati uchun tashkillashtirmaydi; endi esa o‘sha urush o‘choqlarida niqoblarsiz nafas ololmaymiz. Mabodo, niqobni yechmoqchi bo‘lsak, ancha urinib, mashaqqat bilan yechamiz.

Tanlagan yo‘lingizda vazifalaringizni bajarishda davom etarkansiz, Milsda nimalarni qilishga ulgurdingiz-u, nimalarga erisholmadingiz? Yo‘q, erkaklar va ularning iyerarxiyasi uchun emas – bu ularning o‘yini, xolos. Erkaklarga qarshi harakat ham emas – bu ularning qonun-qoidalari bilan ishlash degani. Nega kollejda o‘qiyotgan har qaysi qiz-juvon Machomenga[1] qarshi kurashishi yoki uning foydasiga ishlashi kerak? Nega u aziz umrini boshqaning shartlariga qurbon etishi kerak? Machoman bizning mantiqsiz, salbiy, murosasiz shartlarimizdan qo‘rqadi. Shu bois, u bizni ortidan ergashtirishga urinadi.

O‘tayotgan umridan nafratlanadigan ayol hayotning barcha qirralari qatorida ojizlik zaiflik, kasalmandlikni bo‘yniga ilishga, bema’ni va asossiz ravishda mavhum, qorong‘i, tartibsiz, iflos puchmoqlarda, kunjaklarda umr kechirishga majbur. Yorug‘likka chiqish uchun o‘z yo‘lingizdan qaytmay, hayot mashaqqatlariga tikkama-tikka qarshi chiqib, tunni parchalab erishish mumkin.

Ayol ekaningizdan uyalib, mahbuslardek yashamang. Telba jamiyat tartiblariga bo‘ysuning. Ammo xo‘jalarcha itoat eting. O‘z uyingizni o‘zingiz asrang, shaxsiy xonangizga egalik qiling. Siz san’at, ilm-fan, texnologiya, kompaniyani boshqarish yoki karavotlar tagini supurib-sidirishda iqtidorlimisiz, hech ikkilanmay, o‘sha yumushni bajaring. Lekin ayolligingiz uchun bu ishlar ikkinchi darajali deb shashtingizni so‘ndirishsa, sizga teng haq to‘lab yoki barobar vaqt berilmaguncha, ularning yo‘rig‘iga yurmaysiz, deb o‘ylayman. Boshqalarning ustidan hukmron bo‘lmang va sizning ham istaklaringizga hukmronlik qilishlariga izn bermang. Umidim, sira qurbon bo‘lmang va boshqalarni ham izmingizga bo‘ysundirmang. Mabodo, muvaffaqiyatsizlikka uchrab, qoqilsangiz, jarohatlansangiz, joningiz og‘risa, zulmatda qolsangiz, o‘sha on mamlakatingizdagi zulmatni – g‘alaba keltirmagan, foyda bermagan urushlarni – eslang. Biroq kelajak, yorug‘ kunlar oldinda.

Ildizlarimiz yer ostida; ona zamin – Vatanimiz. Nima uchun harakat qilish, izlanish o‘rniga g‘oyibdan marhamat kutamiz? Kutganlarimizning bari poyimizda. Tepadan pastga ochko‘z, yuho nigoh bilan boqmaylik, aksincha, boshimizni baland ko‘tarib, yuqoriga ko‘z tikaylik. Atrofga qorachiqni qamashtiradigan yorug‘likdan emas, odam tafakkurini boyitadigan, inson ruhini tarbiyalaydigan qorong‘ilikdan qarashni o‘rganaylik.

1983-yil 22-may Mils kolleji. Okland. Kaliforniya.

Ingliz tilidan Charos Nizomiddinova tarjimasi

[1] Machomen – “Qishloq ahli” guruhining shu nomli disko qo‘shig‘i. Aholi orasida birjinslilikni targ‘ib etgan, shov-shuvlarga sabab bo‘lgan qo‘shiq.

От qwert.uz