Xitoyning Gansu provinsiyasidagi Dunxuan shahri yaqinida tuyalar uchun maxsus svetofor o‘rnatildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Foto: Twitter / tongbingxue

Qayd etilishicha, svetoforning yashil chirog‘i yonganda tuyalar, qizilda esa sayyohlar yo‘lni kesib o‘tadi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Twitter / tongbingxue

Dunxuan – cho‘l chetidagi shahar va voha bo‘lib, u Buyuk Ipak Yo‘lida Xitoyga kirish eshigi bo‘lib xizmat qilgan. Shuningdek, Xitoyda buddizmning beshigi hisoblanadi.

Foto: Twitter / tongbingxue

Sayyohlar, asosan, Minsha tog‘lari, Mogao g‘ori va Yarim oy ko‘li kabi mashhur joylarga tashrif buyuradi. Tuyada sayohat qilish esa mintaqaga tashrif buyuruvchilar orasida katta talabga ega.

Foto: Twitter / tongbingxue

Foto: Twitter / tongbingxue

От qwert.uz