Dunyo bo‘ylab 14-aprel kuni kamera obyektiviga muhrlangan suratlarni taqdim etamiz.

Vengriyada 14-aprel kuni qor yog‘di. Yevropaning boshqa mamlakatlari singari Vengriyada ham hosilning katta qismi sovuq urishi xavfida qoldi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: EPA

Dehqonobod tumanining Beliboyli qishlog‘ida eshakka chelak va bidonlarni ortgan ayol suv olish uchun ketmoqda. Qashqadaryodagi aksariyat qishloqlarda kran yo‘qligi bois aholi 2—3 kilometr uzoqlikdagi quduqdan suv tashiydi.

Foto: “Daryo” / Otabek Qo‘ldoshev

Musulmonlar Makka shahridagi Ka’ba atrofida ijtimoiy masofa saqlagan holda bomdod namozini o‘qimoqda.

Foto: AP Photo

Mavzuga doir: O‘zbekistonda Haj va Umra safariga qachon ruxsat berilishi mumkinligi ma’lum qilindi

Janubiy Koreyaning Koyan shahridagi istirohat bog‘ida lolalarni suratga olayotgan ayol.

Foto: AP Photo

Buyuk Britaniyada 60 yil ichida eng katta tosh va tuproq ko‘chkisi sodir bo‘ldi. 4000 tonnalik ko‘chki Sitoun va Ip Bich o‘rtasidagi plyajni to‘sib qo‘ygan. Yana ko‘chki hosil bo‘lish ehtimoli bor.

Foto: Getty Images

Mavzuga doir: Indoneziya va Sharqiy Timordagi ko‘chki va toshqinlar oqibatida 52 kishi halok bo‘ldi

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida ko‘p yillardan beri ishlamayotgan suv tozalash inshooti. Deputat Rasul Kusherbayevning aytishicha, uning o‘spirin jiyani inshootning qarovsiz ochiq chuqurchasiga bexos tushib ketib, iflos suvdan vafot etgan. 2019-yilda deputat Abdulla Aripovga iltimos qilganidan so‘ng inshoot ta’mirlanishni boshlagan, biroq Hisob palatasi, Qurilish vaziri, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri sabab 3 yildan beri obyekt o‘zgarishsiz yotibdi.

Foto: Rasul Kusherbayev

Bangkokdagi Bangna Nai ibodatxonasida o‘tkazilgan tiriklayin dafn qilish marosimida qatnashayotgan tobutdagi ayol.

Foto: EPA

Paragvaydagi Serro lagunasi (kichik ko‘li) mahalliy sanoat chiqindilari sabab pushti rangga kirgandi. Ammo mahalliy aholining noroziligidan so‘ng aktyor Leonardo Di Kaprio ko‘magi bilan laguna tabiiy ravishda tiklandi. Havzada suv nilufarlari yana ko‘rinish berdi va suv asl yashil rangiga qaytdi.

Foto: Getty Images

Indoneziyadagi eng faol vulqon bo‘lgan Merapi tog‘idan oqib tushayotgan lava.

Foto: Getty Images

Mavzuga doir: Karib orollarida vulqon otila boshladi, u yerdan faqat emlanganlar evakuatsiya qilinmoqda — OAV

Myanmaning Mandalay shahrida hokimiyatni egallab olgan harbiylarga qarshi namoyish o‘tkazayotgan odamlar. Harbiy to‘ntarishdan so‘ng butun mamlakat bo‘ylab davom etayotgan namoyishlarda kamida 700 kishi harbiylar tomonidan o‘ldirilgan.

Foto: EPA

Mavzuga doir: BMT Myanmada “Suriya ssenariysi” takrorlanishi xavfidan ogohlantirdi

Buxoro shahrining Masjidi kalon masjidida tarovih namozini o‘qigandan so‘ng tarqalayotgan odamlarga viloyat YHXB xodimlari ro‘za taqvimi, xurmo, suv va antiseptik vositalarini ulashdi.

Foto: “Daryo” / Laylo Hayitova

Mavzuga doir: Saudiya Arabistoni O‘zbekistonga sovg‘a qilgan 50 tonna xurmo muhtojlarga tarqatilayotgani ma’lum qilindi

Germaniyada Shprevald kanallari orqali pochta xabarlarini yetkazib berish mavsumi boshlandi. Berlindan taxminan 100 km janubi-sharqda joylashgan kanallarga boy ushbu hudud yashil Venetsiya deb ham ataladi.

Foto: “TASS”

Mavzuga doir: Merkel koronavirusga qarshi kurashda “tunnel oxirida yorug‘lik” ko‘rayotganini aytdi

Isroilda urush va terrorchilar hujumi oqibatida halok bo‘lganlarni xotiralash kunida tank ustiga chiqib olgan talabalar.

Foto: AP Photo

Mavzuga doir: OAV: BAA qirg‘oqlarida Isroil yuk kemasiga hujum uyushtirildi. Isroil harbiy dengiz kuchlari shay holatga keltirildi

Pokistonning Peshavor shahridagi masjidda iftorlik qilayotgan musulmonlar.

Foto: AP Photo

Braziliyaning Enkantado shahrida 43 metrli Himoyachi Masih haykali bunyod etilmoqda. Haykal mamlakatning boshqa bir shahri — Rio-de-Janeyrodagi “egizagidan” 5 metr baland qilib qurilmoqda. Ma’lum qilinishicha, Enkantadodagi Himoyachi Masih haykali dunyodagi uchinchi eng baland Iso yodgorligiga aylanadi.

Foto: EPA

Toshkentda Mustaqillik maydonidagi “Ezgulik” arkasi va Vazirlar Mahkamasi binosi oralig‘ida joylashgan 14 qavatli ma’muriy binoni ta’mirlash hamda uning oldidagi favvora ostida avtoturargoh qurish ishlari olib borilmoqda. “Gazeta.uz”ning Davlat xaridlari portalidagi ma’lumotlarga tayanib yozishicha, ushbu ta’mirlash va qurilish ishlari 431,5 milliard so‘mga tushadi. Ishlar to‘liq davlat budjetidan moliyalashtirilmoqda.

Foto: “Daryo” / Musulmonbek Ibrohimov

Mavzuga doir: “Trest-12” Oliy Majlis Qonunchilik palatasi binosini tendersiz ta’mirlashi ma’lum bo‘ldi

Toshkentdagi Mirzo Yusuf (Bodomzor) masjidida tarovih namozi o‘qiyotgan musulmonlar. Masjidga sig‘maganlar masjid yo‘laklari va unga yondosh hududlarda namozlarini ado etmoqda.

Foto: “Daryo” / Musulmonbek Ibrohimov

Mavzuga doir: Toshkentdagi oltita ko‘cha tarovih namozlari vaqtida transport harakati uchun to‘liq yopiladi

Myanmaning Naypido shahrida birmacha Yangi yilini nishonlash paytida o‘tkazilayotgan suv festivali. Mamlakatdagi harbiy to‘ntarishga qarshi harakat faollari rasmiy bayramlarni boykot qilishga chaqirmoqda.

Foto: EPA

Quddusdagi Xotira kuni arafasida Herzl tog‘ida harbiy qabristonda o‘tkazilayotgan marosim. Isroilda urushlar va terroristik hujumlarda halok bo‘lganlarni xotirlash kuni nishonlanmoqda.

Foto: EPA

Gladio ismli o‘g‘irlangan bengal yo‘lbarsi Rimdagi Bioparkka joylashtirildi. Yo‘lbarslarning oq rangda bo‘lishi juda kamdan kam uchraydigan hodisa. Ular gen mutatsiyasi natijasida shunday ko‘rinishga keladi. Yirtqichning ushbu o‘ziga xos sifati brаkonyerlar e’tiborini tortadi.

Foto: Shutterstock

Indoneziyaning Markaziy Sulavesi provinsiyasidagi Palu shahrida muqaddas Ramazon oyida iftorlik vaqtini kutayotgan bolalar qirg‘oqda vayronaga aylangan masjid yonida o‘tiribdi.

Foto: Reuters

O‘zbekiston Senati raisi Tanzila Norboyeva o‘zaro uchrashuv vaqtida Rossiya Davlat dumasi rahbari Vyacheslav Volodindan guldasta qabul qilib olmoqda.

Foto: Rossiya Davlat dumasi

Mavzuga doir: Senat raisi O‘zbekiston uchun ochiqlik va muloqotdan boshqa yo‘l yo‘qligini muntazam ta’kidlaydi. Ammo aynan Senatdan har doim ham ma’lumot ololmaysan

Namangan shahridagi “Afsonalar vodiysi” bog‘i hududida joylashgan “Yusufxon o‘g‘li Qosimxon” masjidida tarovih namoziga keluvchilar uchun suv tayyorlab qo‘yildi. Mart oyida foydalanishga topshirilgan ushbu masjid xonaqohida 4,5 ming nafar namozxon ibodatni ado etishi mumkin.

Foto: Twitter / @a_va_z

Yaponiyada o‘rnatilgan Tokio—2020 Olimpiadasiga qancha kun qolganini ko‘rsatuvchi tablo oldida turgan odam.

Foto: Reuters

От qwert.uz