QАNDАY JАRIMА TOʼLАYMIZ?:

-«Qiziqdingmi yangilikga?» — «Nimaga?»,
-«Svetofor qoʼyishibdi — tuyaga!».

-«Nima qibdi? Bunga xursand boʼlaylik,
Demak tuya — insonlarga qulaylik!».

-«Mayliku-ya, oʼrganib xam qolarmiz,
Lekin qanday — biz, jarima toʼlaymiz?…»

ORTDА QOLMА:

«Ortda qolma, yetib ol,
Oʼzib xam ket — bemalol!».

-«Etolmasam — ne boʼlar?»
-«Etib olar — ovchilar!»

MEN EMАSMАN ZOLUShKА:

-«Mana bu qovoq — senga!»
-«Nega u kerak — menga?».

-«Sen qorongʼu tushgan dam,
«Feya»dan soʼra yordam.

Sexrli tayoqda u,
Moʼʼjiza yaratar-ku!…

Egningda — goʼzal libos,
Qovoq oʼrnida — izvosh!».

-«Kechirasan, sen uka,
Men emasman — Zolushka!…»

SUVDАGI YONGʼIN:

-«Xoxlagancha suz, mana,
Choʼkib ketmagin yana.

Lekin chekma — suzganda,
Qolib ketma — yongʼinda!…»

-«Toming ketib qolganmi?
Xech zamon — suv yonganmi?».

-«Tankerlar neftni tashir,
Xalokat boʼlsa, axir,

Neft qoplar suvni shunda,
Yongʼin chiqar oʼshanda!…»

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz