Ta’bga qarab boshqa mahsulotlar, masalan, shokolad qo‘shsangiz ham bo‘ladi.

Foto: Lifehacker

  — Manba: «Daryo» nashri.

Kerakli mahsulotlar:

  • sariyog‘ — 30 g;
  • pechenye (uvalanadigan);
  • krem-pishloq — 400 g;
  • tabiiy yogurt — 200 g;
  • vanilin ekstrakti — 1 osh qoshiq;
  • shakar — 150 g;
  • tuxum — 2 dona;
  • limon — 1 dona;
  • un — 20 g.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Eritilgan pechenyeni maydalangan sariyog‘ga qo‘shib aralashtiring.
  • Keks pishirishga mo‘ljallangan maxsus metall idishlarga qog‘oz formalarni solib chiqing (taxminan, 12 ta kerak bo‘ladi).
  • Pechenyeni idishlarga soling, stakanning orqa tomoni bilan tekislab chiqing.
  • Yogurtga krem pishloq va vanilin hamda shakar solib mikser bilan aralashtiring.
  • Tuxum qo‘shib aralashtirishda davom eting.
  • Un qo‘shib yana aralashtiring.
  • Pishloqli aralashmani pechenyeli asos ustiga quying.
  • 150 daraja qizigan pechda 15 daqiqa davomida pishirib oling.
  • Pishganidan keyin olovni o‘chirib, 3 daqiqaga pech eshiklarini ochib qo‘ying.
  • Xona haroratida sovitib oling.
  • 7-8 soatga muzlatkichga qo‘ying.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz