Barra sabzavotlar va qo‘ziqorin makaronga ajoyib ta’m berishi shubhasiz.

Foto: Lifehacker

  — Manba: «Daryo» nashri.

Kerakli mahsulotlar:

  • sarimsoq piyoz — 2 dona;
  • qo‘ziqorin (shampinyon) — 8—10 dona;
  • brokkoli — 100 g;
  • makaron — 200 g;
  • tuz, murch;
  • kokos suti — 240 ml;
  • o‘simlik yog‘i — 2 osh qoshiq;
  • yashil no‘xat — 100 g.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Sarimsoqni maydalang, qo‘ziqorinni bo‘laklarga bo‘ling, brokkolini qo‘lingiz bilan bo‘laklarga ajrating.
  • Makaronni tuz solingan suvda pishirib oling.
  • O‘simlik yog‘i solingan tovada sarimsoq piyozni qovurib oling.
  • Qo‘ziqorinni soling va yana taxminan 4 daqiqa qovuring.
  • Kokos suti, brokkoli va no‘xatlarni solib, yaxshilab aralashtiring, qaynab chiqqanidan keyin 7—8 daqiqa dimlang.
  • Makaronga aralashmani qo‘shing, tuz va murch seping.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz