Braziliyaning San-Paulu shahrida oqko‘ngil it chorrahadagi svetofor qarshisida ovqat tashishga mo‘ljallangan mototsiklda turgan erkak oldiga borib, o‘zini silashini “so‘radi”, deb yozadi Meduza.

It yo‘l o‘rtasida turgan mototsikl haydovchining oldiga yugurib borgan va svetoforning yashil chirog‘i yonishini bekor kutmasdan, boshini qashib qo‘yishi uchun erkakka tutgan. Natijada barcha bundan mamnun: it silab qo‘yildi, kutish vaqti qisqardi, kayfiyat — a’lo  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda egasi bilan qo‘shiq kuylayotgan it mashhurlikka erishgani, sayyoh it o‘z obunachilarining “hasadi”ga sababchi bo‘layotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

От qwert.uz