ShOʼXLIK QILIB:
-«Shoʼxlik qilib goʼyo, qilamiz roxat,
Nadomat chekamiz, olgach jaroxat!…»
АQLLI KАPTАR:
Kaptar eshikni qoqar:
-«Xulqim — barchaga yoqar,
Xox ishon, xox ishonma,
«Аqlli» deydi — xamma.
Endi, eshikdan kirib,
Oʼrnak boʼlay!» — der kulib…
KАPTАRLАRIM:
-«Kaptarlarim, men sizlarni sevaman,
Sabr qiling, xozir yemish beraman.
Sizlar uchun yetarli bunda ovqat,
Toʼkin-sochin yashaysiz, endi faqat!….»
XАYOT DАVOM ETАDI:
-«Keksalik, bu goʼyo — daʼvosiz yara,
Lekin xayot davom etar, bir qara!…
…Yodda saqla, bu naqlni xar doim,
Keksalarni eʼzozla, boʼl muloyim!…»
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF