Mashhurlarning hayoti nafaqat qizil gilamdagi shon-shuhrat, balki dahshatli fojialarga ham to‘la. Noxush voqealar ular bilan ham yuz beradi, ba’zida esa keyingi hayotlarida jiddiy iz qoldiradi. Sharliz Teron

Foto: Cosmopolitan

1991-yilda aktrisaning onasi Gerda Marits Sharlizning otasi Charlz Teronni qizining oldida otib qo‘ygan. Mast ota qizi va ayolini to‘pponcha bilan qo‘rqitgandan so‘ng onasi o‘zini himoya qilishga majbur bo‘lgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Maykl Jordan

Foto: Cosmopolitan

Basketbol yulduzining otasi 1993-yilda o‘z mashinasida uxlab yotganida otib ketilgan. Ikki noma’lum shaxs erkakni o‘ldirib, Lexsus’ni o‘g‘irlab ketishgan. Keyinchalik qotillar 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan.

Sofiya Vergara

Foto: Cosmopolitan

Aktrisaning akasi 1998-yilda o‘g‘irlab ketilgan va shafqatsizlarcha o‘ldirilgan. Sofiya bu fojiani shunday eslaydi: “Biz Kolumbiyada boy oilada yashardik, akam qo‘riqchilarsiz hech qayerga bormasdi. Ammo bir kuni tansoqchilarisiz tashqariga chiqqanida uni o‘g‘irlamoqchi bo‘lishgan, qarshilik ko‘rsatmoqchi bo‘lganida otib ketishgan.”

Mark Ruffalo

Foto: Cosmopolitan

Aktyorning akasi Skott o‘qdan yaralangan holda Beverli Xillzdagi uyidan topilgan, ammo kasalxonada vafot etgan. Taxminlarga ko‘ra, u revolverga bitta o‘q joylab, o‘zi bilan “rus ruletkasi”ni o‘ynagan, ammo bu tasdiqlanmagan.

Jennifer Hadson

Foto: Cosmopolitan

Aktrisa 2008-yilda onasi, ukasi va jiyanidan ayrilgan. Singlisi Juliyaning eri ularni Chikagodagi uyida xotinidan ajralishni istamagani uchun o‘ldirgan.

Roman Polanski

Foto: Cosmopolitan

Uning rafiqasi aktrisa Sheron Teyt 1969-yil 9-sentabrda Los-Anjelesdagi uyida Charli Menson to‘dasi a’zolari tomonidan o‘ldirilgan. O‘sha vaqtda ayolining 8 oylik homilasi bo‘lgan.

Patrik Daffi

Foto: Cosmopolitan

Aktyorning ota-onasi Montanadagi kichik kafeni o‘marmoqchi bo‘lgan ikki o‘spirin qurboniga aylangan.

От qwert.uz