Mashhurlar qildirgan plastik operatsiyalar ko‘pincha salbiy ma’noda tilga olinadi, ammo plastik jarrohlik haqiqatan ham yordam bergan taniqli odamlar ham bor.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Keti Topuriya

Foto: “Domashniy ochag”

Keti rinoplastika qildirganini inkor etmaydi, ammo operatsiya nafas olishiga xalaqit bergan burun kanalining egriligi uchun qilinganini aytadi. Biroq normal nafas olish uchun burunning uchini o‘zgartirish va do‘ng joyini olib tashlash shart emas. Nima bo‘lsa ham, yangi burun Keytga juda yarashgan

Skarlett Yoxansson

Foto: “Domashniy ochag”

Karyerasining boshida Skarlett plastik jarrohlikning ashaddiy dushmani edi, ammo keyinchalik hamkasblaridan o‘rnak ola boshladi. Yoxansson avval ko‘kragini kattalashtirgach, rinoplastikadan o‘tishga qaror qildi. Va u buni uddaladi — hamma narsa me’yorida va hatto tabiiy ko‘rinadi.

Bleyk Layvli

Foto: “Domashniy ochag”

“G‘iybatchi qiz” seriali yulduzi tabiiy ko‘rinish korreksiyasining ajoyib namunasidir. Bleyk rinoplastika qildirgan, ammo aksariyat yulduzlar singari me’yordan oshirib yubormagan. Uning burni chiroyli va uyg‘un shaklda to‘g‘rilangan. Keyinroq Layvli blefaroplastika — ko‘zlarni kattalashtirish operatsiyasini boshdan o‘tkazdi, shu sababli ham u hozirgacha yosh ko‘rinadi.

Anjelina Joli

Foto: “Domashniy ochag”

Anjelina Joli plastik operatsiya qildirganmi? Ha, hatto zamonaviy “Joli burchaklari” ham bugungi Enji obrazini yaratgan jarrohlarning mashaqqatli mehnati mahsulidir. Birinchidan, Joli burnini to‘g‘rilatgan — u orqa qismini ingichkalashtirib, uchini chiroyli qildirgan. Ikkinchidan, uning yonoq va jag‘ chizig‘i ajratilgan.

Eshli Simpson

Foto: “Domashniy ochag”

Bugungi Eshli Simpsonni tanib olish qiyin. Buning sababi shundaki, jarrohlar yulduzning bunday tashqi ko‘rinishi uchun katta ish qilgan. Plastik jarrohlikdan oldin Eshli Simpsonning burni va jag‘i katta bo‘lgan. Rinoplastikada burunning do‘ng qismi olib tashlangan va burun ko‘prigi ingichkaroq qilingan. Bundan tashqari, Eshli jag‘ining shaklini biroz to‘g‘rilatgan.

Bella Hadid

Foto: “Domashniy ochag”

Hadidning birinchi operatsiyasi rinoplastika bo‘lib, u yuzini tartibli va deyarli etalon holga keltirgan. Namunaviy standartga erishish uchun Bella qosh ko‘tarish, blefaroplastika va lablarini kattalashtirish operatsiyalarini o‘tkazgan. Hadidning sa’y-harakatlari behuda ketmadi — bugun u dunyodagi eng go‘zal ayollardan biri va eng talabgir model hisoblanadi.

Kira Naytli

Foto: “Domashniy ochag”

Kira plastik jarrohlikka qarshi emas, lekin u o‘zining tashqi qiyofasiga jarrohlik aralashganini rad etadi. Biroq ko‘plab jarrohlar undagi o‘zgarishlar operatsiya natijasi ekanligini ta’kidlaydi. Masalan, burnining orqa qismi ingichka bo‘lib, lablari va ko‘zlari kattalashgan. Har bir operatsiya iloji boricha nozik tarzda amalga oshirilgan va Kirani tanib bo‘lmaydigan darajada o‘zgartirmagan, ammo aktrisaning yanada jozibali ko‘rinishiga sababchi bo‘lgan.

От qwert.uz