Barchaga qirollik oilasini kuzatish qiziq bo‘lsa kerak, shunday emasmi? Va undan ham qiziqrog‘i – ularning sirlarini o‘rganish. Quyida qirollik oilasi xonimlarining go‘zallik haqidagi g‘ayrioddiy layfxaklari bilan tanishish mumkin.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Megan Markl – tish cho‘tkasida sochini tekislaydi

Foto: Cosmopolitan

Megan maxsus kichkina cho‘tka bo‘lmasa, paxmoq sochlarini tish cho‘tkasi yordami bilan tekislaydi. U avval sochlar uchun lakni sepadi va boshidagi paxmoqlarni muloyimlik bilan silliqlaydi. Mana, qisqa vaqt ichida xonim qanday qilib zamonaviy uslubga erishadi!

U har doim sumkasida choy daraxti moyini olib yuradi

“Bu eng glamur narsa emas, lekin biror yer kesilib ketsa, chivin chaqsa, husnbuzar yoki boshqa biror narsa chiqsa, deyarli har doim choy daraxti yog‘i yordamga kelishi mumkin. Ushbu vosita arzon bo‘lib, eng kichik sumkachaga ham osonlikcha sig‘adi”, – deydi Megan Allure jurnaliga.

Keyt Middlton – ajinlarga qarshi na’matak moyi

Foto: Cosmopolitan

Keyt teri parvarishida Trilogy Certified Organic Rosehip moyidan foydalanadi. Odatda ushbu vosita ekodo‘konlarda sotiladi. Uning tarkibida terini oziqlantiradigan va yoshlikni uzoq vaqt saqlashga yordam beradigan ko‘plab yog‘ kislotalari mavjud.

Foto: Cosmopolitan

Qirolicha Yelizaveta II – ko‘p funksiyali vositalar

Foto: Cosmopolitan

Ma’lum bo‘lishicha, qirolicha Elizabeth Arden’ning go‘zallik mahsulotlaridan foydalanadi. Brend vakili o‘z intervyusida qirolicha stilistiga doimo mazkur mahsulotlarni buyurtma qilishini ma’lum qilgan. Uning eng sevimlilaridan biri bu taniqli  “Eight Hour Cream” – terini himoya qilish vositasidir. U o‘zining ko‘p qirraliligi bilan ajralib turadi: mahsulot namlash va tiklash uchun yuzga, qo‘llarga, tirnoq va tirsaklarga ham qo‘llanilishi mumkin.

Foto: Cosmopolitan

Malika Diana – rozatseaga qarshi uy niqobi

Foto: Cosmopolitan

Hamma malika Diananing mukammal terisi haqida eshitgan edi, lekin kamdan kam odam uning rozatsea teri kasalligi mavjudligini bilardi. Ba’zilar malika pushti yonoqlarini tinchlantirish uchun atirgul moyi va avakado niqoblaridan foydalanganligi haqida yozgan.

От qwert.uz