2021-yil 30-avgust kuni Kameron Diaz 49 yoshga to‘ldi. Qanday qilib oddiy oilada tug‘ilgan qiz Gollivudda talabgir va eng ko‘p gonorar oladigan aktrisaga aylandi?

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Cosmopolitan

Kameron Diaz San-Diyegoda neft kompaniyasi xodimlarining oilasida tug‘ilgan. Yulduzning otasi kubalik, onasi ingliz, uning ajdodi hindularga borib taqaladi, shuning uchun uning tashqi ko‘rinishi o‘zgacha.

Kameron bolaligini juda baxtli deb ataydi va lagerda yoki buvisining fermasida o‘tkazgan ta’tillarini yodga olib, zavqlanadi. “Bizning oilamiz boy emasdi, aksincha. Esimda, biz qutilar yig‘ar edik, chunki oilamiz uchun 20 dollar ham katta pul edi. Lekin biz baxtli edik. Bizning avlod ko‘chada o‘ynadi. Velosiped va rolikda yurardik, ko‘chaning o‘rtasida futbol o‘ynardik ”, – deydi aktrisa.

Bolaligidan ota-onalar bolalarini ishlashga o‘rgatgan, maktabda doimiy nizolar tufayli ular o‘zlarini himoya qilishni o‘rganishlari kerak edi, shuning uchun Kameron qattiqqo‘l, og‘ir musiqa tinglaydigan va shunga mos kiyinadigan qiz bo‘lib ulg‘aygan.

Foto: Cosmopolitan

Shu bilan birga, u juda mehribon yurakka ega: bir marta katta akasi uyga ilon olib kirgan, Kameron esa qo‘rqmasdan hayvonga g‘amxo‘rlik qilishga qaror qilgan. Ko‘p o‘tmay, uning xonasida butun hayvonot bog‘i paydo bo‘lgan va uning o‘zi zoolog bo‘lishni orzu qilgan.

Kameron juda ozg‘in va ayni paytda sinfdagi eng bo‘yi baland qiz edi. Albatta, tengdoshlari uni masxara ham qildi, uni skelet deb atadi, lekin Diaz o‘zini qanday himoya qilishni bilar edi va ularga e’tibor bermaslikka harakat qilardi.

16 yoshida u o‘zining birinchi reklama shartnomasini imzoladi, 18 yoshida Elite Model agentligiga qo‘shildi, Kalvin Klein va Levi’sning yuziga aylandi, Seventeen jurnalining muqovasida chiqdi va kolaning reklama kampaniyasida ham ishtirok etdi.

Foto: Cosmopolitan

Bir kuni 21 yoshli Kameron o‘zi ishlaydigan agentlikning stolida “Niqob” filmining ssenariysini ko‘rib qoldi va bu rolni sinab ko‘rish g‘oyasi paydo bo‘ldi. Agentlik unga kastingda joy ajratib berdi, lekin film ijodkorlari Kameronda aktyorlik tajribasi yo‘qligidan xijolat bo‘ldi, lekin uning jozibasi, qat’iyati va o‘ziga bo‘lgan ishonchi o‘z vazifasini bajardi. Shunday qilib, Diaz bu rol uchun amalda ma’qullangan Anna Nikol Smitni o‘rnini egallab, 1994-yilning eng muvaffaqiyatli filmlaridan biriga aylangan loyihaga kirdi.

Kameron o‘z mas’uliyatini anglab, rolga puxta tayyorgarlik ko‘rdi, kitob o‘qidi, zudlik bilan aktyorlik mashg‘ulotlariga bordi, 60-yillar uslubida raqsga tushishni o‘rgandi. Bu bejiz emasdi. Filmning ulkan muvaffaqiyatida Diazning ham hissasi bor.

Foto: Cosmopolitan

Kartinaning ajoyib muvaffaqiyati shuni ko‘rsatdiki, Diaz aktyorlik yo‘nalishida rivojlanishi kerak. Tasdiq sifatida qizga suratga olish takliflari tushdi. U o‘sha yilning o‘zida to‘rtta filmda suratga tushdi. Shu tariqa yulduzning kino olamidagi karyerasi gullab-yashnadi.

Ta’kidlash joizki, Kameron hech qachon rollarni talab qilmagan, tanqidchilarga aktyorlik qobiliyati borligini isbotlashga urinmagan. Masalan, uning filmografiyasida dramatik rollar unchalik ko‘p emas, lekin u bu haqda hech qachon tashvishlanmagan, u faqat tomoshabin uchun rol o‘ynagan. Aslida, hayotga bo‘lgan bunday munosabat Kameronga osonlikcha va o‘ynoqi tarzda super yulduz bo‘lishga yordam berdi.

Foto: Cosmopolitan

Kameron Diazni millionlab insonlar yaxshi ko‘rar edi, u hech qachon muxlislar e’tiboridan chetda qolmagan. Shuningdek, aktrisa uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantirmagan. 1994–1998-yillarda u aktyor Mett Dillon bilan uchrashdi, lekin bu munosabat hech narsaga olib kelmadi. 2000-yilda aktrisa Jared Leto bilan tanishdi va, afsuski, munosabatlar to‘ygacha yetib bormadi. Ular 2003-yilda ajralishdi.

2003–2006-yillarda esa Kameron Jastin Timberleyk bilan uchrashdi va mashhurlar do‘st bo‘lib qoldi,  hatto yillar o‘tib “Juda yomon o‘qituvchi” filmida birga rol o‘ynadi, keyin Aleks Rodriges bilan qisqa ishqiy munosabatlar ham muvaffaqiyatsiz yakun topdi. 2013-yilda, mish-mishlarga ko‘ra, aktrisa Ilon Maskning qalbini zabt etdi, lekin ularning munosabatlari uzoq davom etmadi.

Foto: Cosmopolitan

“Men hech qachon ona bo‘lishni xohlamaganman. Bu men uchun ancha osonroq. Farzandli bo‘lish juda qiyin. Men o‘zimdan boshqa hech kim uchun javobgar bo‘lmayman. Buni qabul qilish mening hayotimni osonlashtirdi. Menda hammasi yaxshi. Ko‘p narsaga erishdim va boshqalar men haqimda nima deb o‘ylashlari qiziq emas”, – deydi Kameron. O‘sha paytda u hayotda xuddi shunday tanlov qilgan ayollar tomonidan ma’qullangan.

Ammo, shunga qaramay, 2014-yilda Diaz o‘z nuqtayi nazarini tubdan o‘zgartirgan odam, musiqachi Benji Madden bilan uchrashdi. Bir yil o‘tmay, 2015-yil yanvar oyida ular turmush qurdi va tez orada 42 yoshli Kameron o‘zidan 6 yosh kichik bo‘lgan eridan farzand ko‘rmoqchi bo‘lgani haqida mish-mishlar tarqaldi.

Foto: Cosmopolitan

Kechagina uning tanlovini himoya qilib, minnatdorlik bildirgan izdoshlari hayron bo‘ldi. Kameron o‘zi o‘sgani kabi oilani yaratmoqchi ekanligi, baxtli, bolalar kulgisi, quvonch va kechqurun mehmonxonada samimiy yig‘ilishlar o‘tkazmoqchiligini ma’lum qildi.

Taxminan besh yil davomida aktrisa homilador bo‘lishga urinib, davolandi, balki shu sababli aktyorlik faoliyatini to‘xtatgandir. Natijada 2019-yilda juftlikning oilasida qizaloq dunyoga keldi.

Foto: Cosmopolitan

Bugun u o‘z karyerasiga ega, agar xohlasa, unga qaytishi mumkin. Diaz shaxsiy masalada chindan ham baxtli, u o‘zini onalikka mutlaqo bag‘ishlagan va hatto ikkinchi farzand ko‘rishni ham orzu qilmoqda.

От qwert.uz