attends The 75th Annual Golden Globe Awards at The Beverly Hilton Hotel on January 7, 2018 in Beverly Hills, California.

O‘zini tutishi, qilgan qarorlari bilan ruhiy salomatligida muammo bor degan fikrga kelish mumkin bo‘lgan mashhurlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Shineyd O‘Konnor

Foto: Grazia

Irlandiyalik xonanda istalgan vaqtda kishini hayratga solishi bilan hamisha diqqat markazida bo‘lgan. Muxlislar va hamkasblari buni qo‘shiqchi obrazining bir qismi deb hisoblagan. Keyinroq esa yulduzning o‘zi unda bipolyar buzilish borligini, bu kayfiyatga ham ta’sir qilmay qolmasligini ma’lum qilgan. Shineyd bir necha marta o‘z joniga qasd qilishga uringan va shifoxonalarda davolanib chiqqan. Tabiiyki, bularning bari uning mashhurligiga ta’sir qilmay qolmagan.

Amanda Bayns

Foto: Grazia

Amandaga ko‘pincha Gollivud “umidini oqlolmagan” qiz deya ta’rif beriladi. Uni ruhiyati bilan bog‘liq jiddiy muammolar bezovta qiladi. Karyerasini tashlaganidan keyin aktrisa hamkasblarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga haqoratomuz izohlar yoza boshlagan. Shundan keyin Amandaning taqiqlangan moddalarga mukkasidan ketgani ma’lum bo‘lgan. Itining ustidan yoqilg‘i quyib, uni yoqishga uringanidan keyin Bayns ruhiy kasalxonaga yotqizilgani. U bilan bog‘liq yana bir yoqimsiz hodisa sodir bo‘lgan. Amanda homiladorligi va qornidagi bolaning otasiga turmushga chiqishni istashini ma’lum qilgan. Advokatlar Amandaga bola dunyoga kelganidan keyin uni o‘z ota-onasiga boqishga berishni maslahat bergan. Qizining bipolyar buzilishga qarshi dori vositalarini qabul qilayotgani va bunday vaziyatda homilador bo‘lish imkonsiz ekanini bilgan onasi jazavaga tushgan. Bir muddat vaqt o‘tib, Baynsning advokati uning homilador emasligi haqida ma’lumot bergan.

Ouen Uilson

Foto: Grazia

Gollivudning komediya janridagi rollari bilan eng mashhur bo‘lgan yulduzini bir vaqtlar sevgini deb aqldan ozishiga sal qolganini tasavvur qilish qiyin. O‘tmishda u aktrisa Keyt Xadson bilan uchrashgan va u bilan turmush qurib, baxtli yashashga umid qilgan. Ammo hammasi Ouen o‘ylaganidan boshqacharoq bo‘lib chiqqan. Keyt uni tark etishini ma’lum qilgan. Uilson esa qizni fikridan qaytarish uchun o‘z joniga qasd qilishga uringan. Shifokorlarning xatti-harakati bilan uning hayoti saqlab qolingan.

Britni Spirs

Foto: Grazia

2007-yilda Britni Spirsning sochlari qirilgan surati tarqalganidan keyin uning ruhiyatida muammo borligiga shubha qolmagan. Sochlarini oldirib tashlagani kamlik qilgandek Britni keyinroq o‘z joniga qasd qilishga uringan. Ko‘p o‘tmay xonanda uchinchi marta ona bo‘lmoqchiligini bildirgan. So‘ngra Spirs ruhiy shifoxonaga joylashtirilgan, shundan buyon xonandaning rasmiy vasiyi uning otasi hisoblanadi.

Anjelina Joli

Foto: Grazia

Aktrisaning ruhiy sog‘lom ekaniga muxlislarning shubhasi bor. Bunga Jolining fe’lini og‘irligi va qizi Shayloning jinsini o‘zgartirib, Jon bo‘lishiga ruxsat bergani hamda bir qancha boshqa sabablar bor. Keyinchalik salomatligi bilan bog‘liq ayrim jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazishga qilgan qarori esa shubhalarning tamoman ortishiga sabab bo‘lgan. Anjelina rivojlanishi mumkin bo‘lgan saratondan o‘zini qutqarish uchun tig‘ tagiga yotishga rozi bo‘lganini ko‘pchilik hamon noto‘g‘ri deb hisoblaydi.

От qwert.uz