Tushlik va kechki ovqat uchun ayni muddao bo‘lgan mazali taom oila a’zolaringizga yoqishi aniq.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Qovoqcha va pishloq qo‘shib tayyorlanadigan pasta

Foto: Elle

Kerakli mahsulotlar:

  • spagetti xamiri;
  • qovoqcha — 1-2 dona;
  • suyuq pishloq.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Qaynab chiqqan tuzli suvda pastani pishirib oling.
  • Somoncha shaklida to‘g‘ralgan qovoqchani sarimsoq qo‘shib qovuring.
  • Pishgan xamirni qovoqchaga qo‘shib, ustiga bir-ikki qoshiq suv qo‘shing.
  • Ustiga pishloq qo‘shib, yaxshilab aralashtiring.
  • Dasturxonga tortishdan avval rayhon bilan bezang.

Pomidor va mollyuskadan tayyorlanadigan pasta

Foto: Elle

Kerakli mahsulotlar:

  • spagetti xamiri;
  • pomidor — 200 g;
  • mollyuska — 500 g.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Bo‘laklarga bo‘lingan pomidorni o‘simlik yog‘i solingan tovada sarimsoq qo‘shib qovurib oling.
  • Tuz, keyin esa mollyuska qo‘shing.
  • Pishirib olingan xamirni tovaga qo‘shing.
  • Dasturxonga tortishdan avval limon sharbati qo‘shing va ko‘katlar bilan bezang.

Baliq va pomidor qo‘shib tayyorlanadigan pasta

Foto: Elle

Kerakli mahsulotlar:

  • spagetti xamiri;
  • pomidor — 400 g;
  • baliq (tunets yoki boshqa baliqdan ham tayyorlash mumkin).

Tayyorlanish jarayoni:

  • O‘rtasidan bo‘lingan pomidorga o‘simlik yog‘i, tuz va sarimsoq qo‘shing.
  • Qirg‘ichdan chiqarilgan limon po‘stini qo‘shib, 100 daraja qizigan pechda pishirib oling.
  • Pishirib olingan pastaga sabzavotlarni qo‘shing.
  • Baliqni ham qo‘shib aralashtiring.
  • Taomni ko‘katlar bilan bezashni unutmang.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz