Roli uchun chiroyini qurbon qilgan Gollivudning go‘zal yulduzlari (foto)

Gollivud aktrisalarining kutilmagan obrazda namoyon bo‘lishi ko‘p bora kuzatilgan. Quyida ularning bir nechtasini taqdim etamiz.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Mishel Pfayffer

Foto: Grazia

“Yulduzli chang ”filmida ishlagan vizajistlar qancha urinsa ham Mishel Pfayfferning go‘zalligini berkita olmadi. Ha, Mishel qarigan kampir sifatida qayta tug‘ildi, lekin uning istarasini hatto sahna bo‘yoqlarning qalin qatlami ostida ham yashirib bo‘lmadi. Aktrisa ushbu kartinada jodugar rolini qoyilmaqom tarzda ijro etgan.

Kristina Richchi

Foto: Grazia

“Penelopa” filmida Kristina Richchi tomoshabinlar oldida cho‘chqa burni bilan paydo bo‘ldi. Kartinaning sujetiga ko‘ra, Penelopaning burnini ko‘rgan malika deyarli dahshatdan hushidan ketib qoladi. Lekin aktrisa bu shaklda ham juda yoqimtoy ko‘ringan.

Sharliz Teron

Foto: Grazia

“Monstr” dramasini suratga olish uchun Sharliz Teron qo‘shimcha vazn yig‘di va sochlarini ham o‘zgartirdi. Aktrisa film uchun dahshatli ko‘rinish hosil qilishi kerak edi. Serialda qotil rolini ijro qilgan aktrisa ijrosi uchun “Oskar” bilan taqdirlangan. Intervyuda yulduz go‘zal obrazlardan ko‘ra xunukroqlarini o‘ynashni yoqtirganini tan oldi, shuning uchun u ikkilanmasdan “Oppog‘oy va ovchilar” va boshqa filmlarda ham haqiqiy o‘zgarish mahoratini namoyish etdi.

Emma Tompson 

Foto: Grazia

“Mening qo‘rqinchli enagam” filmida ingliz aktrisasi Emma Tompsonni tanib olish qiyin. Katta burun, chiqib turgan tish: u chindan ham unchalik yoqimtoy bo‘lmagan, ammo enaga rolini mahorat bilan ijro etgan.

Ember Xerd

Foto: Grazia

“Zombilendga xush kelibsiz” filmida Ember Xerd odam go‘shti bilan oziqlanadigan Zombi rolini ijro etgan. Go‘zal aktrisani mohirona grimdan so‘ng darrov tanib olish qiyin.

Mila Kunis

Foto: Grazia

Sohibjamol aktrisa Mila Kunis “Oz: buyuk va qo‘rqinchli” filmida jodugar Teodora rolini o‘ynagan. Qizig‘i shundaki, aktrisa bo‘yanish uchun ko‘p vaqt sarflamadi, chunki qahramonining kiyimlari yopiq edi va butun tanani yashil rangga bo‘yashga hojat bo‘lmadi.