Karyera bilan tarbiyani umumlashtirishning uddasidan chiqqan serfarzand mashhurlar

Gollivud yulduzlari Anjelina Joli va Bred Pittdan tashqari san’at va biznes olamidagi yana kimlar serfarzand ekani haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Ilon Mask — 6 nafar farzandi bor

Foto: AdMe

Dunyoga mashhur biznesmenning 6 nafar farzandi bor. Besh nafar farzandni Kanadadagi universitetda tahsil olish vaqti tanishgan yozuvchi Jastin Mask dunyoga keltirgan. Oltinchisining onasi esa Grayms sifatida ma’lum bo‘lgan xonanda Kler Bushe.

Foto: AdMe

Ilon Mask 2004-yilda tug‘ilgan egizaklar — Griffin va Ksavyening, 2006-yilda tavallud topgan Kaya, Sakson hamda Damien hamda X Æ A-XII (Eks Esh Ey-Tvelv deb talaffuz qilinadi)ning otasi. Band ekaniga qaramay bolalariga yetarlicha vaqt ajratadigan Mask yettinchi farzandi qiz bo‘lishiga umid qiladi.

Natalya Vodyanova — 5 nafar farzandi bor

Foto: AdMe

Natalyaning ko‘rinishiga qarab uning besh nafar farzandi borligiga ishonish qiyin. Birinchi turmush o‘rtog‘i Jastin Portmandan uch nafar farzand: 2001-yilda Lukas Aleksandr, 2006-yilda Neva hamda 2007-yilda Viktor dunyoga kelgan. 2011-yilda esa juftlik munosabatlariga nuqta qo‘ygan.

2014-yilda tug‘ilgan Maksim va oradan ikki yil o‘tib dunyoga kelgan kichik Romanning otasi esa Antuan Arno. Avvalgidek ishlashda davom etadigan Natalya bolalarining tarbiyasini unutmagan holda xayriya bilan shug‘ullanishni ham kanda qilmaydi.

Devid va Viktoriya Bekxem — 4 nafar farzandi bor

Foto: AdMe

Devid va Viktoriyaning 20 yillik turmushi davomida 4 nafar farzand: Bruklin (1999), Romeo (2000), Kruz (2005) hamda ayni vaqtda yoshi o‘nda bo‘lgan Xarper dunyoga kelgan. Faol hayot tarzini kechiradigan oila ommaga tez-tez ko‘rinish berib turadi. Bruklin modellik bilan Romeo esa futbol bilan shug‘ullanadi. Ota-onasi ularni hamma vaqt qo‘llab-quvvatlashga harakat qiladi.

Xaydi Klum — 4 nafar farzandi bor

Foto: AdMe

Bundan 30 yil avval modellik karyerasini boshlagan 48 yoshli Xaydining 4 nafar farzandi bor. Flavio Briatore ayni vaqtda 17 yoshda bo‘lgan ilk farzandi Lenining otasi. Juftlik bola tug‘ilishidan avvalroq ajralib ketgan.

Foto: AdMe

Sil bilan 2005—2012-yilgi turmushi davomida 3 nafar farzand: Genri, Yoxan va Lu tavallud topgan. Model kichkina farzandlarining suratini jamoatchilikka ko‘z-ko‘z qilishni istamaydi, Leni esa onasining izidan ketgan: modellik bilan shug‘ullanadigan qiz Instagram’da o‘z blogini yuritadi.

Stiven Spilberg — 7 nafar farzandi bor

Foto: AdMe

“Indiana Jons”, “Shindler ro‘yxati” singari filmlar rejissorining 7 nafar farzandi bor. Birinchi rafiqasidan dunyoga kelgan 36 yashar Maks video o‘yinlar yaratadi. Sasha (31), Soyer (29) va Destri Ellin (24) ismli farzandlarining onasi aktrisa Keyt Kepshou. Shuningdek, Spilberg uch nafar farzandni asrab ham olgan: Teo — 33, Mikael — 25 va Jessika Kepshou — 45 yoshda.

Madonna — 6 nafar farzandi bor

Maddona 6 nafar farzandning onasi. Fitness trener Karlos Leon bilan turmushidan qizi Lurdes dunyoga kelgan. Ayni vaqtda 24 yoshda bo‘lgan qiz model sifatida o‘zini sinab ko‘rmoqda. 21 yashar Rokkoning otasi esa rejissor Gay Richi. 2006-yilda Gay Richi va Madonna Afrikaga safari davomida ayni vaqtda 15 yosh bo‘lgan Devid Bandani tarbiyasiga olgan. Rejissor bilan ajrashganidan keyin xonanda 3 nafar farzandni: 2009-yilda Mersi Jeyms, 2017-yilda egizak Ester va Stellani asrab olgan. Qo‘shiqchi Instagram sahifasiga muntazam ravishda farzandlarining suratini joylab keladi.

Krishtianu Ronaldu — 4 nafar farzandi bor

Portugaliyalik futbolchining 4 nafar farzandi bor. 11 yashar Krishtianuning onasi kimligi ma’lum emas. 2017-yilda tug‘ilgan egizaklar — Yeva va Mateoni surrogat ona dunyoga keltirgan.

Ayni vaqtda sportchi ispaniyalik model Jorjiana Rodriges bilan munosabatda. Ayol 2017-yilda tug‘ilgan Alan Martinning onasi.

Sting — 6 nafar farzandi bor

Foto: AdMe

Musiqachining 6 nafar farzandi bor. 44 yashar Jozef va 39 yashar Fuskiya birinchi rafiqasi aktrisa Frensis Tomelti bilan turmushidan tug‘ilgan. Aktrisa Trudi Stayler esa 4 nafar farzand: 1984-yilda Mikki, 1985-yilda Jeyk, 1900-yilda Eliot hamda 1995-yilda Jakomoni dunyoga keltirgan. Sting, shuningdek, 7 nafar nabiraning bobosi.

Stellan Skarsgard — 8 nafar farzandi bor

Foto: AdMe

Arsenalida 120 ga yaqin film bo‘lgan aktyorning 8 nafar farzandi bor. Birinchi umr yo‘ldoshi shifokor Myu Gyunter bilan turmushidan 6 nafar farzand: Aleksandr (45), Gustaf (40), Sem (39), Bill (31) va Valter (25) hamda Eya dunyoga kelgan. Ikkinchi turmushi davomida esa 2 nafar farzand: hozirda 12 yoshda bo‘lgan Ossian va 9 yashar Kolborn tug‘ilgan.

Alek Bolduin — 7 nafar farzandi bor

Alek 2012-yilda yoga bo‘yicha mutaxassis Xilari Tomashga uylangan. Juftlikning Karmen (8 yosh), Lyusiya (1 yosh), Rafael (6 yosh), Leonardo (5 yosh), Romeo (3 yosh) va Eduardo (1 yosh) ismli farzandlari bor. Ikki kenja farzandni 5 oy farq bilan tug‘ilgan. Gap shundaki, Eduardoni surrogat ona dunyoga keltirgan. Bundan tashqari, Alekning Kim Beysinger bilan turmushidan Ayrlend Bolduin ismli farzandi ham bor.

25 yoshda bo‘lgan qiz modellik bilan shug‘ullanadi.

Gordon Ramzi — 5 nafar farzandi bor

Mashhur oshpazning Tanaga uylanganiga 34 yil bo‘lgan. Ularning 5 nafar: Megan, egizaklar — Jek va Xolli, Matilda hamda Oskar ismli farzandlari bor.

2016-yilda Tana homiladorligining 5 haftasida farzandidan ayrilgan, bu haqda Gordon Facebook sahifasida e’lon qilgan.

Jeyms Van Der Bik — 5 nafar farzandi bor

Aktyor 5 nafar farzandning otasi. Biznes-konsultantlik bilan shug‘ullanadigan Kimberli Bruk bilan turmushidan 11 yashar Oliviya, 9 yashar Joshua, 7 yoshli Annabel hamda 5 yashar Emiliya dunyoga kelgan. 2018-yilda 5-farzand Gvendolin tavallud topgan. Bir yil o‘tib Kimberlining 6-homilasini asrab qolishning iloji bo‘lmagan. Ayni vaqtda ularning oilasida hammasi joyida.

Valeriy Meladze — 6 nafar farzandning otasi

Foto: AdMe

Xonanda serfarzand otalardan hisoblanadi. 3 nafar qizlari Irina Meladze bilan turmushidan dunyoga kelgan. 30 yashar Inga zargarlik biznesi bilan shug‘ullanadi, 22 yoshli Sofya talaba, 18 yashar Arina esa shifokor bo‘lishni rejalashtirgan.

Ikkinchi rafiqasi Albina Janabayeva bilan turmushidan 3 nafar farzand: 17 yoshli Konstantin, 7 yashar Luk va hali yoshga to‘lmagan Agata tug‘ilgan. Juftlik farzandlarining videosini Instagram sahifasiga muntazam ravishda joylab keladi.