To‘g‘ri pishirilgan til go‘shti haqiqiy delikates hisoblanadi. Tilning o‘zini yoki salatga qo‘shib yeyish xohishingizga havola. Mazali tayyorlash usuli haqida esa quyida ma’lumot berib o‘tamiz.

Foto: “Domashniy ochag”

Kerakli mahsulotlar:

  • til go‘shti — 1-2 dona;
  • piyoz — 1,5 dona;
  • sabzi — 2 dona;
  • lavr yaprog‘i — 2 dona;
  • tuz, murch.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Suv qaynab chiqquniga qadar til go‘shtini sovuq suvga solib qo‘ying.
  • Qaynab chiqqan suvga soling, 15 daqiqadan keyin suvni to‘kib tashlang.
  • Qayta qaynagan suv solib, lavr yaprog‘i, sabzavot qo‘shing.
  • Past olovda 1 soat davomida qaynating.
  • 15 daqiqadan keyin tuz seping, yana 30 daqiqa qaynasin.
  • Po‘stini olib tashlash uchun 5-10 daqiqa sovuq suvga solib qo‘ying.
  • Tozalangandan keyin pishgan bulyoniga qayta solib yana 15 daqiqa qaynating.

Yong‘oq qo‘shib tayyorlanadigan salat

Kerakli mahsulotlar:

  • til go‘shti — 250 g;
  • tuxum — 1 dona;
  • pishloq —30 g;
  • yong‘oq — 3 osh qoshiq;
  • sarimsoq piyoz — 1 dona;
  • ko‘katlar;
  • tuz, murch.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Qaynatilgan til go‘shtini somoncha shaklida to‘g‘rang, tuxum va pishloqni qirg‘ichdan chiqaring.
  • Maydalangan yong‘oq, tuz va murch qo‘shing.
  • Maydalangan sarimsoq aralashtirilgan mayonez qo‘shing.
  • Ustini qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq bilan bezang.

Til go‘shtiga bulg‘ori qalampiri qo‘shib tayyorlanadigan salat

Kerakli mahsulotlar:

  • til go‘shti — 1 dona;
  • piyoz — 1,2 dona;
  • bulg‘ori qalampiri — 2 dona;
  • pomidor — 2 dona;
  • bodring — 2-3 dona
  • qo‘ziqorin — 100 g;
  • tuz, murch;
  • o‘simlik yog‘i.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Til go‘shtini somoncha shaklida to‘g‘rang.
  • Qo‘ziqorin, piyoz, bulg‘ori qalampiri, shuningdek, pomidorni ham somoncha shaklida to‘g‘rang.
  • Bodringni qirg‘ichdan chiqaring.
  • Mahsulotlarga o‘simlik yog‘i qo‘shib aralashtiring.

“Go‘shtli yong‘oqcha” salati

Foto: “Domashniy ochag”

Kerakli mahsulotlar:

  • til go‘shti — 1 dona;
  • yong‘oq — 4-5 dona;
  • sarimsoq — 2 dona;
  • tuz, murch.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Go‘shtni mayda bo‘laklarga bo‘ling.
  • Maydalangan sarimsoq, yong‘oq qo‘shing.
  • Tuz va murch seping.

Kartoshka qo‘shib tayyorlanadigan salat

Kerakli mahsulotlar:

  • til go‘shti — 100 g;
  • kartoshka — 2 dona;
  • tuxum — 2 dona;
  • marinadlangan qo‘ziqorin;
  • mayonez;
  • ko‘katlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Go‘sht va kartoshkani kubik shaklida to‘g‘rang.
  • Qolgan mahsulotlarni ham to‘g‘rang.
  • Mayonez, ko‘katlar qo‘shib aralashtiring.

Til go‘shtidan tayyorlanadigan olivye

Kerakli mahsulotlar:

  • til go‘shti — 1 dona;
  • tuxum — 10 dona;
  • bodring — 1 dona;
  • kartoshka — 3 dona;
  • sabzi — 1 dona;
  • yashil no‘xat;
  • ko‘k piyoz;
  • xantal, ko‘katlar, murch, tuz;
  • mayonez.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Mahsulotlarning barini somoncha shaklida to‘g‘rang.
  • Mayonez va xantal, shuningdek, murch qo‘shib aralashtiring.

Til go‘shti va qo‘ziqorinli salat

Foto: “Domashniy ochag”

Kerakli mahsulotlar:

  • til go‘shti — 1 dona;
  • piyoz — 250 g;
  • qo‘ziqorin — 300 g;
  • qaymoq — 200 g;
  • un — 1 osh qoshiq;
  • tuz, shakar;
  • sariyog‘— 2 osh qoshiq.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Sariyog‘ solingan tovada piyozga tuz qo‘shib qovurib oling.
  • Biroz shakar qo‘shib aralashtiring.
  • Piyozni tarelkaga soling, qo‘ziqorinni ham shu yog‘da qovuring.
  • Qo‘ziqoringa piyozni va 400 ml bulyon qo‘shing.
  • Til go‘shtini soling va qopqog‘ini yopib dimlang.
  • Un qo‘shib yana 3-5 daqiqa dimlang.

Antiqa salat retsepti

Foto: “Domashniy ochag”

Kerakli mahsulotlar

  • til go‘shti — 1 dona;
  • tovuq bulyoni — 1 l;
  • bulg‘ori qalampiri — 1 dona;
  • jelatin — 20 g;
  • shivit.
  • balzamli sirka;
  • o‘simlik yog‘i.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Til go‘shtini bo‘laklarga bo‘ling.
  • Jelatinni suvga solib aralashtirib qo‘ying, vaqt o‘tganidan keyin bulyonga qo‘shib aralashtiring, qaynab chiqishini kuting.
  • Bulg‘ori qalampiri va ko‘katlarni to‘g‘rang.
  • Tekis tarelkaga til go‘shtini terib chiqing, ustidan bulyon, ko‘kat va bulg‘ori qalampiri soling.
  • 1,5 soatga sovitkichga qo‘ying.
  • Balzamli sirka va o‘simlik yog‘i qo‘shib dasturxonga torting.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz