27 yillik turmushdan keyin ajrashishga qaror qilgan Bill va Melinda Geytsning uch farzandi bor, ularning to‘ng‘ichi Jennifer 25 yoshda. 2021-yil yanvar oyida Jennifer sevgilisi – 30 yashar sportchi Nayel Nassar bilan unashtirilgan.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Instagram / @nayelnassar

2021-yil 15-oktabr kuni matbuotda juftlikning nikoh to‘yi dam olish kunlariga rejalashtirilgani haqida xabar paydo bo‘ldi. 2021-yil 16-oktabr kuni to‘y marosimi Nyu-Yorkning Shimoliy Salem shahridagi Geyts oilaviy saroyining bog‘ida bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi People portali. U yer bayram munosabati bilan gullar bilan bezatildi

Foto: Instagram / @nayelnassar

Juftlik nikoh marosimiga 300 ga yaqin mehmonni taklif qildi. Ma’lumotlariga ko‘ra, ular to‘yni ikki marta – Nayel misrlik bo‘lgani uchun musulmon urf-odatlari bo‘yicha juma va shanba kuni standart qoidalarga muvofiq o‘tkazgan. Nikoh to‘yini o‘tkazish qiymati, taxminan, 2 million dollarga baholanmoqda.

Foto: Instagram / @nayelnassar

Ma’lum bo‘lishicha, Jennifer mashhur dizayner Vera Vong yaratgan to‘y libosini kiygan. Libos buyurtma asosida tayyorlangan.

Muxlislar bayramda olingan suratlarni yangi turmush qurganlarning shaxsiy blogida qachon paydo bo‘lishini sabrsizlik bilan kutishsa-da, juftlikka atalgan tilaklar ularning tarmoqdagi so‘nggi posti ostida paydo bo‘ldi. Folloverlar Jennifer va Nayelga baxt va uzoq umr ko‘rishlarini tilamoqda.

Foto: Instagram / @nayelnassar

“Naqadar go‘zal juftlik, sizlarga qarab zavqlanish mumkin”, “Turmush qurganingizni eshitdim, Nayel, surat qani? Bayramingiz muborak, azizlarim ”, “Jen va Nayel, sizga nikohda kuchli va mustahkam muhabbat, baxt tilayman” – deya izoh qoldirgan muxlislar.

Foto: Instagram / @nayelnassar

To‘ydan bir kun oldin — 15-oktabrni Jennifer butun kunni Nyu-Yorkda oilasi bilan o‘tkazdi. Onasi Melinda qizining muhim kuni uchun tayyorgarlik ko‘rishga yordam berdi.

Foto: Instagram / @nayelnassar

“Jennifer onasi bilan juda yaqin. Melinda bu to‘yga xuddi o‘zinikidek tayyorgarlik ko‘rayotgan edi”, – deya portalga ma’lum qilgan oilaning yaqinlaridan biri.

Foto: Instagram / @nayelnassar

To‘ydan bir oy avval Melinda Jennifer uchun qiz va ayollar ishtirokida ziyofat uyushtirdi. “Ushbu ajoyib bayram uchun rahmat. Menga hayotimning yangi bobida maslahat beradigan, qo‘llab-quvvatlaydigan va hamroh bo‘lgan atrofimdagi barcha ajoyib ayollarga chuqur minnatdorlik bildiraman!” – deb yozgan Jennifer shaxsiy blogida.

Foto: Instagram / @nayelnassar

От qwert.uz