Mashhurlar haqida gap ketganda nima uchundir ko‘pchilik qimmatbaho brendlarni ko‘z o‘ngiga keltiradi. Aslida esa ularning orasida hamyonbop narxda kiyinadiganlari ham yo‘q emas. Masalan, aksariyat shou-biznes vakillari Ispaniyaning Zara brendidan kiyinishni afzal biladi. Qirollik oilasi vakillari va yulduzlaridan ayrimlari esa Inditex Group kompaniyasining kiyim-kechaklarini kiyishni ma’qul biladi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Keyt Middlton

Foto: “Domashniy ochag”

Kembrij gersoginyasining Zara’dan sal kam 30 dollarga sumka olgani barchani lol qoldirgan. Keyt o‘sha sumkani to‘yining ikkinchi kuni tutgan va bu uning qirollik oilasi vakili sifatidagi birinchi obrazi bo‘lgan.

Emili Ratakovski

Foto: “Domashniy ochag”

Emili Ratakovski esa to‘yi kuni kelin ko‘ylak o‘rniga Zara’dan kostyum-shim va shlyapa kiygan. Ushbu obrazi aks etgan fotoni Instagram sahifasiga joylaganidan keyin ushbu model bir zumda sotilib bitgan.

Jastin va Xeyli Biber

Foto: “Domashniy ochag”

Er-xotin Biberlar ham Zara’ning muxlisi. Suratda Xeylining brenddan kombinezon kiyganini ko‘rish mumkin.

Adelaida Keyn

Foto: “Domashniy ochag”

Aktrisa Adelaida Keyn ham xol-xol printli, old qismida banti bor koftani Zara’dan 42 dollarga olgan.

Kendall Jenner

Foto: “Domashniy ochag”

Yulduzlar Mango, TopShop, Forever21, Asos, H&M va Giambattista Valli singari brendlarni ham yaxshi ko‘radi. Ular orasida model Kendall Jenner ham bor.

От qwert.uz