Kunlar qisqa va sovuq bo‘lgani, mevalar kam yeyilgani hisobiga kuzda organizm odatdagidan ko‘proq stressni boshdan kechiradi. Kaloriya kam sarflangani va jismoniy faollik yetishmagani uchun esa kilolar ortiqcha to‘plana boshlaydi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Getty Images

Stressning ortishi

Kuz fasli aksariyat hollarda ko‘plab uchrashuv, tadbir, bitirilishi kerak bo‘lgan ishlar, safarlarga to‘la bo‘ladi. Boshqacha aytganda sovuq kelishi, avitaminoz tufayli organizm boshdan kechiradigan stress ortadi. Molekulyar biokimyo jurnalida e’lon qilingan tadqiqotda yozilishicha, aynan kuz faslida ko‘p ovqatlanamiz va stressni his qilganda nosog‘lom mahsulotlarni iste’mol qilamiz.

Stressni qanday kamaytirish mumkin?

Sport, sayr qilish, shuningdek, meditatsiya va nafas mashqlari stress gormoni kortizolni kamaytiradi.

Havoning sovishi

Sovuq kunlarda kishi odatdagidan ko‘proq uxlaydi. Umumiy faollik kamayishini hisobga olmaganda bu salomatlik uchun foydali. Hammada ham yomg‘irli ob-havo sharoitida. Ochiq havoda sport bilan shug‘ullanish istagi paydo bo‘lavermaydi. Faollikning kamayishi kaloriya kam sarflanayotganini bildiradi.

Sovuq haroratli kunlarda qanday qilib faollikni saqlab qolish mumkin?

Ochiq havoda jismoniy mashqlar bajarishni yaxshi ko‘rsangiz, kiyimni to‘g‘ri tanlashga harakat qiling. Yo bo‘lmasa, mashg‘ulotlarni onlayn tomosha qilish orqali bajarishingiz mumkin. Buning uchun telefoningizga maxsus ilovani yuklab olsangiz bo‘ladi.

Ovqatlanishga e’tibor bering

Kuz mazali qahva, qiyomli ponchik, issiqqina sho‘rva va go‘shtli raguni iste’mol qilish uchun ayni muddao. Qolaversa, ruhiyatdagi o‘zgarish sabab shirinlikka moyillik ham doimiy ravishda kuzatilishi mumkin.

Qanday qilib tansiq kuzgi taomni salomatlikka zarar yetkazmasdan turib, miriqib iste’mol qilsa bo‘ladi?

Eng asosiy tavsiya — har narsada me’yorni bilish. Ko‘proq sabzavot iste’mol qiling, ko‘katlarni yeyishni kanda qilmang. Porsiyani kamaytirish ham yaxshi samara beradi. 2020-yil Ovqatlanish axloqi va jismoniy faollik xalqaro jurnalida e’lon qilingan tadqiqotda, likopcha va portsiya odatdagidan kamroq bo‘lganda ishtirokchilar kamroq kaloriya to‘plagani ma’lum qilingan.

От qwert.uz