Tez va oson ovqatlanish uchun metabolizmni yaxshilash, to‘g‘ri ovqatlanishni yo‘lga qo‘yish kerak. Bu borada sizga asqatadigan tavsiyalarni e’tiboringizga havola qilamiz.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Freepik

Yog‘sizlantirilgan mahsulotlarni iste’mol qiling

Ko‘pchilik ozish uchun yog‘lardan voz kechishning o‘zi kifoya deb o‘ylaydi. Ammo zaytun, kokos yog‘i singari mahsulotlar tana uchun muhim bo‘ladi. Qolaversa, yog‘sizlantirilgan mahsulotlarda shakar bisyor bo‘ladi, gap shundaki, ishlab chiqaruvchilar shu tariqa ta’mni kuchaytirishga harakat qiladi. Shakar esa salomatlik uchun darhaqiqat zararli hisoblanadi. Agar rostan ham vazn tashlamoqchi bo‘lsangiz, shakar bilan birga, transyog‘lardan voz kechish tavsiya qilinadi.

Sutli mahsulotlardan tiyilmang

Shakar bisyor bo‘lmaganiga ishonchingiz komil bo‘lsa, sutli mahsulotlardan tiyilishingizga hojat yo‘q. Ularning tarkibidagi kalsiy va oqsil inson tanasi uchun zarur hisoblanadi. Nonushta va kechki ovqatga sutli mahsulotlarni iste’mol qilish parhez qilmasdan turib ham ozishga imkon beradi.

To‘g‘ri ovqatlaning

Salomatlik, uzoq umr va go‘zallik uchun ahamiyatli bo‘lgan O‘rta Yer dengiziga xos parhez tez va oson ozishga yordam beradi. Ushbu ratsionning asosi yong‘oq, urug‘ va baliq mahsulotlarida serob bo‘ladigan polito‘yinmagan yog‘lardan iborat bo‘ladi. Tadqiqotlardan birida ratsioni bu kabi yog‘larga boy bo‘lgan insonlarning organizmida yog‘ foizi kam ekani, mushaklar esa ko‘proq ekani ma’lum bo‘lgan.

Balansni ushlang

Eng avvalo yog‘lar balansini ushlashga harakat qiling. Muzqaymoq, pishloq, mayonez va shunga o‘xshash mahsulotlarni iste’mol qilishingiz mumkin, albatta, ammo hammasini bir kun va bir vaqtda emas. Shunchaki ulardan birini boshqa foydali mahsulot, masalan, sabzavot bilan qo‘shib yeyish kerak.

От qwert.uz