Uyg‘ongandan keyin vaqtni qanday o‘tkazish kunning qolgan qismiga ta’sir qilmay qolmaydi. Tongni nafaqat balansli nonushta bilan, balki ovqatdan 30-40 daqiqa avval suyuqlik ichish bilan boshlash kerak. Bu organizmning kun davomida yaxshi ishlashiga hissa qo‘shadi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Getty Images

Ertalab ichish mumkin bo‘lgan ichimliklar bisyorligiga qaramay, kunni oddiy suv bilan boshlash eng samarali usul hisoblanadi. Ammo iste’mol qilishda uning haroratiga e’tibor berish kerak. Hatto jazirama kunlarda ham haddan ortiq sovuq suv ichish yaramaydi. Ichaklarda noqulayliklarga sabab bo‘lishi, bu esa nonushtaning hazm bo‘lishi yomonlashishiga olib kelishi mumkin.

Qaynoq suv ichish ham ma’qul variant emas — qaynagan suv ichishni yoqtiradigan bo‘lsangiz, ichishdan avval sovitishni unutmang. Maksimal darajada foydali bo‘lishi uchun suv 40-45 daraja haroratda bo‘lgani yaxshi. Aynan iliq suv organizmni uyqudan keyin ishga tushishi, kechasi, ayniqsa, sekinlashadigan moddalar almashinuvining jadallashishi, shuningdek, organizmdan toksinlarning chiqarib yuborilishiga yordam beradi. Och qoringa bir stakan iliq suv ichish hazm jarayonini rag‘batlantirib, detoksikatsiyani ta’minlaydi va tetiklashishga yordam beradi.

От qwert.uz