Parhezshunos Tatyana Dikning ta’kidlashicha, ratsionda ayrim ziravorlarning bo‘lishi muhim. Ular onkologik kasalliklarning oldini olishga yordam beradi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: “Korrespondent.net”

Mutaxassisning aytishicha, dolchin, zarchava, tog‘jambil, mavrak va quritilgan tog‘rayhon saratonga qarshi ta’sir ko‘rsatadigan antioksidantlarga boy sanaladi. “Dolchin qondagi qand miqdorini pasaytiradi, yurak-qon tomir kasalliklarining kelib chiqish xavfini kamaytiradi, zarchava esa miyaning funksiyalarini yaxshilab, ozishga yordam beradi”, — deydi mutaxassis.

Shuningdek, parhezshunos tog‘jambilning shamollashda yaxshi samara berishini, mavrakning hazm jarayonini, tog‘rayhon esa oshqozon-ichak traktining faoliyatini yaxshilashini qo‘shimcha qilgan.

От qwert.uz