Kimligini anglab yetishi va sevimli ayoli bilan uchrashishi uchun mashhur aktyorga oltmish besh yil kerak bo‘ldi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: “Domashniy ochag”

“Hech birimiz bu yerdan tirik chiqmaymiz, shuning uchun o‘zingizni ikkinchi darajali deb hisoblashni bas qiling. Mazali taomlar iste’mol qiling. Quyoshda sayr qiling. Okeanga sakrang. Qalbingizdagi qimmatli haqiqatni baham ko‘ring. Telba bo‘ling. Mehribon bo‘ling. Noodatiy bo‘ling. Boshqasiga vaqt yetmaydi”. Taniqli aktyor Richard Girning bu kabi falsafiy fikrga kelishiga nima sabab bo‘lgan?

Baxtli bolalik

Shunday bo‘ladiki, odam uzoq vaqt kimligini tushuna olmaydi? Nega u? Richard Girning hikoyasi ko‘p yillar davomida o‘zining haqiqiy qiyofasini topishga harakat qilgani haqida. Muvaffaqiyat cho‘qqisiga erishgan kunlarining birida aktyor Nyu-York ko‘chalari bo‘ylab daydi obrazida kezdi, shunda u roliga qattiq kirishib ketdi. Uning ishtirokidagi filmlarni sevib tomosha qilgan odamlar uning yonidan beparvolik bilan o‘tib ketardi. Faqat fransiyalik bir ayolgina unga sadaqa uzatdi.

Foto: “Domashniy ochag”

“Biz xotirjamlik tuyg‘usini tez-tez unutamiz, go‘yo u bizni hech qachon tark etmaydigandek”, – dedi o‘sha paytda Gir. Dunyoga mashhur aktyor bo‘lish mumkin, lekin keyinchalik nima bo‘lishini hech kim bilmaydi … Girning bolaligi juda baxtli o‘tdi: ehtimol, hamma ham shunday bo‘lishni xohlaydi. Katta oila – uchta opa-singil, ikkita aka-uka. Oilada hamma hammani yaxshi ko‘rar edi; xursandchilik, quvonch va shunga yarasha mehnat ham bor edi – bolalar bog‘ va uy hayvonlariga g‘amxo‘rlik qilib o‘sdi.

Gir ota-onasi haqida shunday deydi: “Oddiy odamlar bo‘lsa ham, juda bilimli edi”.

U shunday deb eslaydi: “Ota-onam biror marta yomon kayfiyatda bo‘lganini ko‘rmaganman. Mana, men sevgi va mehr-muhabbat bilan tarbiyalanganman, shuning uchun har qanday yo‘l bilan ularning ko‘nglini ko‘tarishga va yordam berishga harakat qildim”. 5000 kishilik kichik shaharchada hayot oddiy bo‘lsa-da, Girlar bolalarga iloji boricha ko‘prog‘ini berish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanishga harakat qildi. Richard pianino va gitara chalishni o‘rgandi, shuningdek, karnay chalish ham uning asosiy sevimli mashg‘uloti edi. Qolaversa, u sport bilan shug‘ullanish uchun yetarli vaqtga ega bo‘lib, Massachusets universitetiga sport stipendiyasi bilan kirishga muvaffaq bo‘ldi.

Karyeraning boshlanishi

Foto: “Domashniy ochag”

U ikki yil falsafa va teatr rejissorligi bo‘yicha o‘qidi, lekin keyin bu uning xohlagani emasligini angladi, universitetni tashlab, Vermontdagi musiqachilar kommunasiga joylashdi. Musiqiy jarayon ham uni tezda hafsalasini pir qildi: sinchkovlik bilan qaralganda, kommuna faqat o‘zini o‘ylaydigan va injiq odamlar jamiyati bo‘lib chiqdi. Shundan so‘ng u Londonga jo‘nab ketdi, u yerda spektakllarda o‘ynadi, yana AQShga qaytdi, Brodveyda musiqiy filmlarda ishtirok etdi … Va nihoyat 1975-yilda yigirma olti yoshli Richard o‘z hayotida birinchi katta rolni o‘ynadi: u o‘lim jazosiga hukm qilingan, elektr stulda o‘tirgan, ko‘zlari bog‘langan qahramon orzularini gapirib berishi kerak edi. Hech qanday plastika, yuz ifodasi yo‘q – faqat sehrli ovoz. Spektakl inobatga olindi, Gir kichik epizodlar uchun kinoga chaqirila boshlandi, keyin Travolta “Amerikalik Jigolo” filmidagi bosh rolni rad etdi. Natijada rol Girga nasib etdi. Bu chinakam muvaffaqiyat edi, lekin Richardga kerak bo‘lgani bu emasdi. O‘shandan keyin u har doim chiroyli erkaklar, sevishganlar, romantik qahramonlarni o‘ynashga chaqirilgan va o‘n yillik hayotidan keyin Richard tushkunlikka tushib qolgan. Kino olami uni o‘zini anglashga yordam bermadi, shaxsiy hayoti havas qilarli emas, ustiga-ustak pul yo‘g‘-u, qarzlari bisyor edi. Shu yo‘sinda u 40 yoshga kirdi.

“Chiroyli ayol”dan keyin

Aktyorning taqdirida keskin burilish amalga oshdi va Girni ham xuddi shu nuqtaga olib keldi, lekin boshqa darajaga – u yana Travolta rad etgan rolga chaqirildi. Bu “Chiroyli ayol” filmidagi rol edi. “Yo‘q, bu menga yetarli” – o‘yladi Gir. U aktyorlik kasbiga juda jiddiy qarardi, har bir kichik rolga o‘z jonini bag‘ishlardi. Lekin kino sanoati unga nima berdi? Boshqa qahramon-oshiqning rolinimi? Yo‘q, unday emas! Lekin aktyorning agenti iltimos qildi, ko‘ndirdi, yolvordi: “Gir, sen qulog‘inggacha qarzga botgansan, o‘zingni qo‘lga ol!”

“Ma’lum bo‘lishicha, men eng muvaffaqiyatli filmimda pul uchun suratga tushganman”, – deb kuladi Gir.

“Chiroyli ayol” filmidan so‘ng Richard Gir va Juliya Roberts birinchi darajali yulduzlarga aylandi. 50 yoshida, ijtimoiy tadbirlar va meditatsiyaga ko‘proq qiziqqan Gir, suratga tushishni tugatish vaqti keldi, deb qaror qildi, lekin keyin fikridan qaytdi. U aktyor bo‘lishni chindan ham yoqtirishini va o‘z zavqi uchun suratga tushayotganini tushundi. Girni Gollivudning birinchi raqamli budga sig‘inuvchisi deb atashadi. Dalay-lama u bilan do‘st. U yoshligidan meditatsiyaga kuniga bir soat ajratadi. Bir marta “Oskar” mukofotini topshirish marosimida hayajonli nutq so‘zladi — u Xitoydan Tibetni ozod qilishini so‘radi, shundan so‘ng Richard 20 yil davomida marosimga taklif qilinmadi. Aktyor esa bundan faqat xursand bo‘ldi.

Richard va Sindi

Foto: “Domashniy ochag”

“Men o‘z yo‘limda kimni uchratgan bo‘lsam ham, birinchi fikrimni tan olaman: ‘Men senga baxt tilayman’”

Buni sinab ko‘ring va hayotingizda hamma narsa qanchalik o‘zgarishini sezasiz, – deydi Gir. Va u Sindini birinchi marta ko‘rganidayoq “senga baxt tilayman”, deb o‘ylagandi. Ularning munosabati juda chiroyli boshlandi. “Chiroyli ayol” kartinasi endigina butun dunyoda muvaffaqiyatga erishgan va Gir Gollivud tarixidagi eng mashhur aktyor aylangan vaqtlar. Sindi Krouford ham  dunyodagi eng chiroyli ayol, deb topildi. Ular bir ziyofatda uchrashdi va hammasi shu kundan boshlandi. Juftlik tez orada turmush qurdi, shirinliklarga o‘ralgan uzuklar, kelajakda qayg‘u va quvonchli kunda ham, boylik va qashshoqlikda ham sinagri so‘zlar yangradi.. Ammo Sindi ijtimoiy tadbirlarga mutlaqo befarqlik qildi, uni zo‘ravonlik falsafasi qiziqtirmas va Tibetdagi vaziyatni chuqur o‘rganmagan edi. Shuningdek, Sindi bolalari bo‘lishni xohlardi, lekin Richard buni istamadi.

Shunga qaramay, ikki kishining bunday diqqat va bosimiga dosh berishlari qiyin bo‘ldi. Mish-mish va muhokamalar doimo ularning atrofida to‘lib-toshib turardi, ularga savollar bilan murojaat qilishar, ularning biror narsa qilishlari kutilardi. To‘rt yil davomida shunday kechgan hayotdan so‘ng ular jimgina ajraldi. Biroz vaqt o‘tgach, ikkisi ham ta

От qwert.uz