Sobiq malikalar qanday yashaydi: rasmiy majburiyatlaridan voz kechgan qirolichalar (foto)

Qirolichalar o‘z vazifalaridan voz kechgandan keyin ularning hayoti qanday davom etdi? Kimdir bolalar uchun kitoblar yozdi, yana biri ayollarning huquq va erkinliklarini himoya qildi. Ehtimol, ular rasmiy majburiyatlarni bajarmaslik uchun tegishli imtiyozlardan voz kechgan bo‘lishi mumkin, ammo ularning olib borayotgan faoliyati bunga arziydi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Marie Claire

Malika Nori

Foto: Marie Claire

Sobiq malika faxriy imperator Akixito va uning rafiqasi qirolicha Michikoning kenja farzandi, Yaponiyaning 126-imperatori Naruxitoning singlisi. Ilgari Nori ornitolog edi. 2005-yilda 36 yoshli qirolicha o‘z hayotini rasmiy aristokratiyadan bo‘lgan, ammo kuchini yo‘qotgan, dizayner Yoshiki Kuroda bilan o‘z hayotini bog‘ladi va imperator oilasini tark etib, mavqeyidan voz kechgan. Keyinchalik malika Ayako va malika Mako uning izidan bordi, ular ham oddiy odamlarga turmushga chiqdi. Hozirda Nori 2017-yilda xolasi Atsuko Ikedaning o‘rniga Yaponiyadagi eng muhim Ise ziyoratgohida oliy ruhoniy bo‘lib xizmat qilmoqda.

Malika Marta Luiza

Foto: Marie Claire

Malika Marta Luiza Norvegiya qiroli Garald V va qirolicha Sonyaning to‘ng‘ich farzandi. U Norvegiyaning mashhur ertakchisi sifatida tanilgan va uning bolalarga bag‘ishlangan “Nega qirol va malikalar toj kiymaydi?” hikoyasi katta muvaffaqiyat qozongan. Keyinchalik malikaning bu roliga yanada noodatiy ampula qo‘shildi. 2002-yilda Marta Luiza o‘z unvonidan voz kechdi va  marhum yozuvchi Ari Benga turmushga chiqdi. Ular uch nafar farzand ko‘rgan. Turmushga chiqqanidan bir necha yil o‘tgach, Astarte Educationning “farishtalar maktabi”ga asos soldi.

Marta Luizaning hayotini zerikarli deb bo‘lmaydi. 2019-yilda qirolning qizi o‘z Instagram’ida ish faoliyati tufayli malika unvonidan voz kechishini ma’lum qilgan. Uni o‘zining “Malika va shaman” turi uchun unvonidan foydalanganlikda ayblashgan edi. Shuningdek, saroy ham uning qarorini tasdiqlovchi press-relizni taqdim etgan.

Malika Amira

Foto: Marie Claire

Malika Amira 2008-yilda shahzoda Al-Valid bin Talalga turmushga chiqqani tufayli Saudiya Arabistoni hukmron qirollik oilasi Saud xonadoni a’zosiga aylangandi. 2013-yilda qirollik oilasi bilan xayrlashgandan keyin ham Amira xayriyachi, jamoat arbobi, kompaniya asoschisi va bosh direktori sifatida barchaning diqqat markazida. Bugungi kunda malika fuqarolik huquqlari va imkoniyatlarining ashaddiy himoyachisi sifatida ayollarning avtomobil boshqarishi, teng merosdan foydalanishi va ajrashgandan keyin bolalarning huquqini himoya qilish haqida ish olib boradi.

Malika Ubolratana

Foto: Marie Claire

Ubolratana Tailandning marhum qiroli Pumipon Adulyadet va qirolicha Sirikitning birinchi farzandi. Qirolicha 1972-yilda universitetdan tanishgan amerikalik Piter Jensenga turmushga chiqqandan keyin qirollik unvonidan voz kechgan. 1998-yilda ajrashganidan uch yil o‘tgach, qirolicha Ubolratana Tailandga qaytib keldi va mahalliy jamiyatga qayta qo‘shildi. Ubolratana hatto 2019-yilda bosh vazirlikka o‘z nomzodini qo‘yishga urinib ko‘rdi, biroq uning ukasi qirol Maxa Vajiralongkorn tezda unga to‘sqinlik qildi. Tailand monarxining fikriga ko‘ra, qirollik oilasi a’zolarining siyosat bilan shug‘ullanishi “noo‘rin”.

Gersoginya Megan

Foto: Marie Claire

Sassekslar qirollik oilasidan ajralib chiqishga qaror qilgandan so‘ng ular moliyaviy tomondan mustaqil yo‘lini topishi kerak edi. Bugungi kunda Megan va Garri o‘zlarining barcha faoliyatini “Archewell Inc” fondi orqali amalga oshiradi. Biroq er-xotin nafaqat xayriya ishlari, balki Netflix va Spotify uchun media va audio kontent ishlab chiqarish bilan ham shug‘ullanadi. Bundan tashqari, Megan turmush o‘rtog‘i va o‘g‘li Archiga bag‘ishlangan bolalar kitobini faol ravishda targ‘ib qilmoqda, uni gersogiva gersoginyaning qizi Lilibet tug‘ilgan paytda taqdim etdi.