Ko‘p vaqt hamda masalliq sarflamasdan mazali pirog tayyorlab ko‘ring.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifeacker

Kerakli mahsulotlar:

  • qiyma – 300-350 gramm;
  • piyoz – 1 dona;
  • baton noni – 1 dona;
  • o‘simlik yog‘i – 1 osh qoshiq;
  •  sut 250-300 gramm;
  • tuxum – 4 dona;
  • tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni

  1. To‘g‘ralgan piyoz, tuz va murch qiyma bilan yaxshilab aralashtiriladi.
  2. Baton noni o‘rtacha qalinlikda kesib olinadi.
  3. Non bo‘laklari avval sutga botirilib, so‘ng yog‘langan qolipga joylashtiriladi.
  4. Har bir nonning markaziga nachinka solinadi.
  5. Tuxum, sut va tuz ko‘pirtiriladi. Aralashma non ustidan quyiladi.
  6. 180 daraja pechda taxminan 35 daqiqa davomida pishiriladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz