Qish mavsumida inson organizmi doimgidan ham ko‘ra ko‘proq vitamin va minerallarga muhtojlik sezadi. Shuning uchun ham ushbu salatni tayyorlab ko‘rishingizni tavsiya etamiz.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • lavlagi – 3 dona;
  • limon – 1/2 dona;
  • zaytun yog‘i – 3 osh qoshiq;
  • brinza – 250 gramm;
  • ko‘kat, tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Pech 200 darajaga qizdiriladi. Lavlagi folga qog‘oziga o‘ralib, 50-60 daqiqa davomida pishiriladi.
  2. Lavlagi pishgach, sovutishga qo‘yiladi va to‘rtburchak to‘g‘raladi.
  3. Limon sharbati siqib olinadi, unga tuz, ziravor, zaytun yog‘i qo‘shiladi va lavlagi bilan aralashtiriladi.
  4. Brinza to‘rtburchak, ko‘kat mayda to‘g‘raladi va lavlagi ustidan solinadi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz