Turklarning an’anaviy shirinligi – shekerpare pechenyesining siri uning tayyorlanish usulida.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • suv – 240 ml;
  • shakar – 150 gramm;
  • limon sharbati – 1 choy qoshiq;
  • sariyog‘ –  osh qoshiq;
  • shakar – 50 gramm;
  • tabiiy yogurt – 65 gramm;
  • un – 12 gramm;
  • manniy yormasi – 40 gramm;
  • qabartma – 1/2 choy qoshiq;
  • xandon pista – 10-12 dona;
  • tuz.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Suv va shakar qaynaguncha aralashtiriladi. Ustidan limon sharbati qo‘shiladi. 5-7 daqiqa davomida qaynatiladi. Tayyor bo‘lgan sirob sovitishga qo‘yiladi.
  2. Pech oldindan 180 darajaga qizdiriladi. Pishiriq qolipiga pergament qog‘ozi solinadi.
  3. Yumshatilgan sariyog‘ shakar bilan ko‘pirtiriladi. Yogurt qo‘shib, aralashtiriladi.
  4. Un, yorma, qabartma va tuz qo‘shiladi. Yumshoq va silliq xamir qoriladi.
  5. Xamir 10-12 ta bo‘lakka bo‘linadi, dumaloq pechenyelar qilinadi.
  6. Pechenyelar pishiriq qolipiga solinib, har birining ustiga yong‘oq qo‘yiladi.
  7. Shirinliklar qizargunga qadar 20-25 daqiqa davomida pishiriladi. Pechenyelar issiqligida ustidan oz-ozdan bir necha marta sirop quyiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz