Yashil rangli quymoqlar har qanday insonni hayratda qoldirishi shubhasiz.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • ismaloq – 70 gramm;
  • sut – 500 gramm;
  • tuxum – 2 dona;
  • un – 140 gramm;
  • o‘simlik yog‘i – 1 osh qoshiq;
  • tuz – bir chimdim.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Ismaloq mayda to‘g‘raladi. Ustidan sutning yarmi quyiladi va blenderda yaxshilab aralashtiriladi.
  2. Tuxum, tuz va un qo‘shiladi, silliq bo‘lguncha ko‘pirtiriladi. Sutning qolgan qismi va yog‘ qo‘shiladi, yana aralashtiriladi.
  3. Tovaga quymoqlar bir xil miqdorda quyiladi va ikki tomoni qizargunga qadar pishiriladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz