Xamiri yupqa va mazali hamda pishloq va ko‘kat ta’mi uyg‘unlashgan xushbo‘y yegulikni, albatta, tayyorlab ko‘ring.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • un – 250 gramm;
  • suv – 120 ml;
  • o‘simlik yog‘i – 2 osh qoshiq va qovurish uchun;
  • qattiq pishloq – 250 gramm;
  • ko‘katlar, tuz.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Un elakdan o‘taziladi va yog‘, qaynatilgan suv, tuz qo‘shib, yumshoq xamir qoriladi. Xamir usti yopilib, 20-30 daqiqaga tindirishga qo‘yiladi.
  2. Pishloq qirg‘ichdan o‘tkaziladi. Ko‘katlar mayda to‘g‘ralib, pishloq bilan aralashtiriladi.
  3. Xamir 6-8 ta teng bo‘lakka bo‘linadi. Ular diametri 18—22 santimetr kattalikda aylana shaklida yoyiladi.
  4. Xamirning yarim qismiga nachinka solinib, qolgan yarim qismi ustiga qayrib yopiladi va cheti chimchilab chiqiladi.
  5. Xamirning qolgan qismi ham xuddi shu tarzda tayyorlanadi.
  6. Tovada yaxshilab qizdirilgan yog‘da yegulikning har ikki tomoni qizargunga qadar qovurib olinadi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz