Pishloq, go‘sht, piyoz hamda qo‘ziqorin birgalikda ajoyib ta’mni hosil qilishi shubhasiz.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • mol go‘shti – 700 gramm;
  • piyoz – 1 dona;
  • qo‘ziqorin – 300 gramm;
  • o‘simlik yog‘i – 4 osh qoshiq;
  • mayonez – 2-3 osh qoshiq;
  • pishloq – 150 gramm;
  • tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Mol go‘shti mayda, piyoz parrak, qo‘ziqorinlar esa ikkiga bo‘lib to‘g‘raladi.
  2. Go‘shtga tuz va ziravorlar sepiladi. 10-15 daqiqaga qoldiriladi.
  3. Yog‘ning yarmi tovada qizdiriladi. Go‘shtning har ikki tomoni qizarguncha qovurib olinadi.
  4. Keyin piyoz alohida qovurib olinadi va go‘sht, qo‘ziqorin bilan birgalikda qolipga solinadi. Ustidan mayonez quyiladi. 45-50 daqiqaga 180 daraja pechga qo‘yiladi.
  5. Tayyor bo‘lgach, ustidan qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq sepiladi va yana 5-7 daqiqaga pechga qo‘yiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz