Ziravorlar bilan pishiriladigan xushbo‘y tovuq oyoqchalari

Sarimsoq va ziravorlar tufayli tovuq xushbo‘y va mazali bo‘lib pishadi.

— Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • zaytun yog‘i – 2 osh qoshiq;
  • tovuq oyoqlari – 8 dona;
  • tuz – 1 choy qoshiq;
  • qalampir, paprika, quritilgan sarimsoq. 

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Tovuqdan tashqari barcha mahsulotlar aralashtiriladi.
  2. Listga pergament qog‘ozi solinadi. Ustidan tovuq oyoqchalari terib chiqiladi va ziravorli aralashma surtiladi.
  3. Tovuq oyoqchalari taxminan 190 daraja pechda 40 daqiqa davomida pishiriladi.
  4. Tayyor bo‘lgach, qolip tagiga to‘plangan ziravorli sharbat yana oyoqchalar ustiga surtiladi.
  5. Ta’bga ko‘ra qalampir qo‘shish mumkin.

Yoqimli ishtaha!