Ushbu taomni tayyorlash uchun taxminan 40 daqiqa kerak. Taom vitaminlarga boy bo‘lishi bilan birga, to‘yimli hamda mazalidir.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: “Segodnya”

Kerakli mahsulotlar:

  • qiyma — 600 gramm;
  • kartoshka — 6-7 dona;
  • guruch — 50 gramm;
  • tuxum — 1 dona;
  • piyoz — 2 dona;
  • tomat pastasi — 4-5 osh qoshiq;
  • sarimsoq — 2 bo‘lak;
  • ko‘kat, tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. To‘g‘ralgan sarimsoq, guruch, tuxum va ziravorlar qiyma bilan aralashtiriladi.
  2. So‘ngra aralashmadan kotletlar hosil qilinadi.
  3. Sabzi, kartoshka, piyoz va karam mayda to‘g‘raladi.
  4. Sabzi va piyoz qovuriladi, ustidan tomat pastasi va ziravorlar qo‘shiladi. Bir necha daqiqa pishiriladi.
  5. So‘ngra kartoshka, karam solib qovuriladi va massa yuzasini yopgunga qadar suv quyilib, qaynatiladi.
  6. Qaynab chiqqach qiymali kotletlar solinadi va tova qopqog‘i yopiladi.
  7. Taom past olovda 30-40 daqiqa davomida qaynatiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz