«SАFАRDА…»
-«Ikkilanmay desang — safarda xar gal,
Reja tuzib olgin — safardan avval!».
«ULGʼАYSАM…»
-«Ulgʼaysam oʼshanda…»- «Bilamiz, bolam,
Ulgʼaysang, musiqang — tinglaydi olam!».
-«Yoʼq, aslo undaymas — ulgʼaysam doim,
Bolalar bilan men — boʼlib muloyim,
Ularning qiziqish — xoxishin qarab,
Xech majbur qilmasdim — «kaltagim» tirab.
Qiziqqan narsasin — olib berardim,
Xoxish-istagini — ustun qoʼyardim…!».
«TOʼSIQ ORTI…»
-«Toʼsiqlarni yengmoq, bu — sharaflidir,
Lekin toʼsiq orti, baʼzan — xavflidir!».
«UNUTIB QOʼYMOQDА…»
-«Ne sabab farzandlar — ota-onani,
Unutib qoʼymoqda — aytinglar qani?».
Sababi — ota-yu onada oʼzi,
Koʼpincha eslanmas — tarbiya soʼzi!».
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF
