Foto Muhammad Fawdy   —   Unsplash

«YANGI TONGNI…»

   -“Tong otganin anglatadi vaqt,

Qarshilamoq tongni — bu xam baxt.

Sof xavo va qaxva simirib,

Yangi tongni qarshilang kulib!…”.

Foto Jemimah Gray   —   Unsplash

«ZАVQLАNING…»

-“Mayli, tabiatdan — zavqlaning doim,

Va siz xam u bilan — boʼling muloyim!”.

Foto Jez Timms   —   Unsplash

«HАLOL YOʼL ISTАB…»

-“Xar bitta jonzotning nasibasi bor,

Va uni olmoqqa — usullar bisyor.

Gar olsang nasibang — xalol yoʼl istab,

Xech kimsa rizqingni — kelmaydi qistab!”.

Foto Derek Lee  —   Unsplash

«XАR QАCHON…»

-«Doʼstligimiz shunday yagona!”,

Taʼkidlashdi ikki dugona.

-“Suratim zoʼr chiqsa – ajabmas!”,

Der suratkash — oʼzida yoʼq mast.

Qassobga yogʼ va echkiga jon,

Shunday boʼlib kelgan — xar qachon!.

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz