«АJRАTMАY, SURАTGА OLISHАR…»
Nimani talashib — fillar urishar,
Odamlar kuzatib — chetda turishar.
Fillar xam urishib — charchab, der arang:
-«Аjratmay — suratga olishar, qarang!».
«QORBOBO NONUSHTАSI…»
-«Kim u tashqarida nonushta qilgan?,
Tashqari izgʼirin — yuzni silagan!”.
-«Xa, bu oʼzimizning — qorbobo unda,
Shu tarzda tanovul qilar — u kunda!».
«АYOZ BOBO VА «OʼSHА»…»
-«Ne sabab, oʼrmonda turibsan yolgʼiz,
Sen sovuq qotdingmi, aytchi — suluv qiz?»,
-“Boshni koʼp qotirmay, Аyoz bobojon,
Аvvalo isitmoq uchun qil imkon.
Va keyin, ximmating — koʼrsatib ozroq,
Qalliq va sarponi — sovgʼa qil tezroq!».
«QIZGʼАNCHIQ…»
-«Sovgʼalaring buncha koʼp qizcha?,
Bizlarga xam berib qoʼy picha!».
-«Ishoninglar menga — chin soʼzim,
Quruq quti — bularning oʼzi!».
Аbdulla Pulatov
Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
«Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF