Ma’lum bo‘lishicha uyqusizlik va harakatsiz turmush tarzi chekish yoki ichish kabi jiddiy sog‘liq muammolariga olib kelishi mumkin. Sizda eng xavfli yomon odatlar bor yoki yo‘qligini tekshirib ko‘ring.

 — Манба:  «Daryo» нашри.

Salomatlik birinchi navbatda turmush tarzimizga bog‘liq: ba’zi ekspertlar bu omilning ulushi 75 foizdan ortiq ekanligini ta’kidlaydilar. Sog‘liqni keraksiz va xavf-xatarlarga duchor qilmaslik uchun nima qilmaslik kerakligini bilamiz: chekmang, spirtli ichimliklarni iste’mol qilmang, yog‘li ovqatlar va “bo‘sh” kaloriyalarga berilmang. Chekish, ichish yoki noto‘g‘ri ovqat iste’mol qilish kabi bizni o‘limga yaqinlashtiruvchi va boshqa eng keng tarqalgan beshta zararli odatlarni bilib oling.

Passiv turmush tarzi

Sog‘liq uchun qila oladigan eng yomon ishlardan biri stolda yoki mashinada juda ko‘p vaqt o‘tkazishdir. Kanadalik tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, bu ichak saratoni holatlarining uchdan ikki qismiga, ko‘krak, o‘pka va prostata bezining xavfli o‘simtalari holatlariga sabab bo‘ladi. Ushbu keng tarqalgan zararli odatdan xalos bo‘lish maqsadida gimnastika uchun har soatda kichik tanaffuslar qilishni unutmang, shuningdek, kechki payt piyoda yuring va ertalab jismoniy mashqlar bajaring.

Ko‘p miqdorda go‘sht va pishloq iste’mol qilish

Hayvon oqsili saraton hujayralarining o‘sishiga yordam beradigan IGF-1 gormoniga boy. Janubiy Kaliforniya universiteti tadqiqotchilari aniqlaganidek, hayvon oqsiliga boy oziq-ovqatlarni ko‘p iste’mol qiladigan o‘rta yoshli odamlarning saraton kasalligidan vafot etish ehtimoli to‘rt baravar yuqori. Ratsioningizdan eng nosog‘lom oziq-ovqatlarni chiqarib tashlang va unga o‘simlik oqsillarini qo‘shing, masalan, dukkaklilar yoki yong‘oqlar. Bu sizga organizmning oqsilga bo‘lgan ehtiyojini qoplash imkonini beradi va shu bilan birga saraton kasalligidan himoya qiladi.

Ovqat pishirishda gaz plitasidan foydalanish

Agar gaz plitasida ovqat pishirishga odatlangan bo‘lsangiz, har kuni sizning organizm uglerod oksidi, azot dioksidi va formaldegidning qo‘shimcha dozasini — chekuvchilar qabul qiladigan moddalarni to‘playdi. Yaxshiyamki, bu muammoni oddiygina dud bo‘ronni o‘rnatish orqali hal qilish mumkin.

Uyqu yetishmasligi

Chekmasangiz, spirtli ichimliklarni butunlay tark etsangiz, muntazam ravishda mashq qilsangiz va to‘g‘ri ovqatlansangiz ham, uyqusizlik barcha bu ajoyib odatlardan hatlab o‘tib, saraton kasalligini rivojlanish xavfini uzoq muddatli chekuvchiga tahdid soladigan darajaga ko‘tarishi mumkin. Kuniga bir quti filtrsiz sigaret. Bu kinoya emas — yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar doimiy uyqusizlik haqiqatan ham halokatli ekanligini tasdiqladi. Ushbu keng tarqalgan zararli odatdan xalos bo‘lish uchun qorong‘i salqin xonada kamida sakkiz soat uxlashingiz zarur.

От qwert.uz