Qon bosimi doimiy o‘zgarib turadigan va gipertoniya bilan kasallangan bemorlar uchun shifokorlar maxsus dori-darmonlarni qabul qilishi lozimligini uqtiradi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Dori vositalari kasallik kechishini barqarorlashtiradi va tanadagi xavfli jarayonlar rivojlanishining oldini oladi. Biroq ba’zilar farmatsevtik yordamni rad etib, umuman dori ichmaslik qoidasiga amal qilib yashaydi. Ular faqatgina to‘g‘ri ovqatlanish tartibi orqali qon bosimini me’yorda bo‘lishiga erishishi mumkin.

Foto: Adobe stock

Qon bosimini qisqa vaqtda tushiradigan mahsulotlar sirasiga anor mevasi ham kiritilgan.

Anorning sog‘liq uchun foydali tomonlari

Anor nafaqat mazali, balki vitaminlarga boy, uzoq yillar mobaynida tabobatda ham qo‘llanilib kelinadigan mevalardan biridir. Anor va uning sharbati sog‘liqqa foydali ta’sir ko‘rsatadigan ko‘plab faol moddalarni, jumladan K, C, B9 va B6 vitaminlari, temir, kaliy, mis, fosfor va aminokislotalarni o‘z ichiga oladi.

Anor kichik ozuqaviy qiymatga ega: 100 gramm anorda o‘rta hisobda 72 kilokaloriya mavjud. Anorni temir tanqisligi tufayli vujudga kelgan kamqonlikda har kuni iste’mol qilish tavsiya etiladi. Ushbu meva gemoglobin darajasini sezilarli tarzda oshirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, anor qon bosimini 20 daqiqa ichida tushirish xususiyatiga ham ega. Qadimdan tabiblar qon bosimi oshib turadigan yoshi katta insonlarga tez-tez anor iste’mol qilishni tavsiya etishgan.

Qora ituzum ham qon bosimini qisqa muddatda pasaytirishga yordam beradigan rezavor mevadir. Ituzumni yangi uzilgan holda yoki damlama sifatida iste’mol qilish mumkin.

От qwert.uz