Agar taom tayyorlashga kam vaqtingiz bo‘lsa, loviya va tushyonka qo‘shib tayyorlanadigan sho‘rva siz uchun yaxshi variant bo‘la oladi. Taomga o’zingizga yoqqan ko‘katlarni qo‘shsangiz ham bo‘ladi.

— Manba: «Daryo» nashri.

Kerakli masalliqlar:

  • piyoz — 1 dona 
  • kartoshka — 2 dona
  • sabzi — 1 dona
  • tushyonka — 1 banka
  • pomidor qaylasi qo‘shilgan loviya — 1 banka
  • tuz — ta’bga ko‘ra
  • murch — ta’bga ko‘ra
  • tomat pastasi — 1 qoshiq

Tayyorlanishi:

  1. Piyoz va kartoshkani o‘rtacha bo‘laklarga bo‘lib, to‘g‘rab oling. Sabzini katta tishli qirg‘ichdan o‘tkazing.
  2. Bir osh qoshiq tushyonka yog‘ini idishga solib qizdiring. Sabzavotlarni yumshoq bo‘lgunga qadar qovuring.
  3. Go‘shtni kastryulkaga soling va hamma narsani yana 5 daqiqa davomida pishiring.
  4. Unga kartoshka, loviya, qayla, tuz, murch va, agar xohlasangiz, tomat pastasini qo‘shing. Mahsulotlarni yaxshilab aralashtiring va issiq suv soling.
  5. Taom qaynab chiqqanidan so‘ng, taxminan 20-25 daqiqa davomida o‘rtacha olovda pishiring.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz