CREATOR: gd-jpeg v1.0 (using IJG JPEG v80), quality = 90

Ushbu retsept asosida tayyorlanadigan bulochka mazali va yumshoq bo‘lib chiqadi. Uning ichiga shokolad, murabbo yoki o‘zingizga yoqqan boshqa mahsulotlarni qo‘shishingiz mumkin.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Xamiri uchun kerakli masalliqlar: 

  • qatiq — 250 ml
  • shakar — 50 g
  • tuz — yarim qoshiq
  • tuxum — 1 dona
  • sariyog‘ — 50 g
  • vanilin — 1 qoshiq
  • tez ta’sir qiluvchi xamirturush — 2 qoshiq
  • un — 450-500 g

Bulochkaning ustiga kerak bo‘ladigan mahsulotlar:

  • sariyog‘ — 40 g
  • un — 80 g
  • shakar — 3-4 qoshiq
  • tuxum sarig‘i — 1 dona
  • sut — 2-3 qoshiq

Tayyorlanishi:

  1. Qatiq, shakar, tuz, tuxum, eritilgan sariyog‘ va vanilinni idishga solib aralashtiring.
  2. Unga xamirturush qo‘shib, aralashtiring. Oz-ozdan un qo‘shing, yumshoq va ozgina yopishqoq xamir bo‘lguncha qoring.
  3. Xamirni katta idishga soling, ustini sochiq bilan yoping va iliq joyda 1-2 soatga qoldiring.
  4. Listni yoki qolipni pergament qog‘oz bilan yoping. Xamir ikki baravar kattalashganda, uni 12 ta teng bo‘lakka bo’ling. Har birini bulochkaga aylantiring.
  5. Bulochkalarni listga qo‘ying, ularning orasida 5-7 sm joy qoldiring. Ustini sochiq bilan yoping va 20-30 daqiqa davomida iliq joyda qoldiring.
  6. Pechni 180 daraja haroratda oldindan qizdirib oling. Bulochkaning ustiga surtish uchun un, shakar va sariyog‘ni mayda qirg‘ichdan o‘tkazing. Tuxum sarig‘ini sut bilan ko‘pirtiring.
  7. Bulochkalarning ustiga tuxum sarig‘ini surting. Ularni qizargunga qadar 25-35 daqiqa pishirib oling.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz