Kartoshka, sabzi, no‘xat va pomidor bilan pishiriladigan mol go‘shti qiymasi taomga o‘zgacha ta’m beradi. Unga o‘zingizga yoqqan ko‘katlarni ham qo‘shishingiz mumkin.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • kartoshka — 4 dona
  • sabzi — 1-2 dona
  • piyoz — 1 dona
  • pomidor qaylasi — 400 g
  • sarimsoq — 2 donacha
  • o‘simlik yog‘i — 2-3 qoshiq
  • tomat pastasi — yarim qoshiq
  • qiyma — 500 g
  • suv yoki sho‘rva — 300-350 ml
  • muzlatilgan yashil no‘xat — 100-150 g
  • lavr yaprog‘i — 1-2 dona
  • quritilgan oregano — yarim qoshiq
  • tuz — ta’bga ko‘ra
  • murch — ta’bga ko‘ra

Tayyorlanishi:

  1. Kartoshka va sabzini o‘rtacha bo‘laklarga, piyoz va pomidorlarni mayda bo‘laklarga bo‘lib oling. Sarimsoqni qirg‘ichdan o‘tkazing.
  2. O‘simlik yog‘ini o‘rtacha olovda qizdirilgan idishga soling. Piyozni yumshoq bo‘lgunga qadar qovuring. Sarimsoqqa tomat pastasini qo‘shing va aralashtirib, yana 1 daqiqa pishiring.
  3. Unga qiymani soling va 4-5 daqiqa davomida qovuring. Aralashtiring va qoshiq bilan katta bo‘laklarni maydalang.
  4. Masalliqlarning ustiga kartoshka, sabzi, pomidor, sharbat, sho‘rva yoki suv, muzlatilgan yashil no‘xat, petrushka, quritilgan oregano, tuz va murch solib, aralashtiring.
  5. Taom qaynab chiqqanidan keyin idishning qopqog‘ini yoping va sabzavotlar yumshoq bo‘lgunga qadar 30-35 daqiqa davomida o‘rtacha olovda pishiring.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz